Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Osiyo o‘yinlarida ikki koreys davlati yagona bayroq ostida birlashishi mumkin

Osiyo o‘yinlarida ikki koreys davlati yagona bayroq ostida birlashishi mumkin

Baho:
+ | -

Indoneziya Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni shu yilning avgustida Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari ochilish marosimiga taklif etdi.

Reuters xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In ham mazkur tadbirga taklif etilgan. 

Aprel oyida ikkala koreys davlati Tashqi ishlar vazirlari avgust va sentyabrda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlari ochilish marosimida yagona jamoa sifatida qatnashishga kelishib olishgandi. 

Indoneziya Insoniyat taraqqiyoti va madaniyat ishlari vaziri Puan Maharani boshchiligida delegasiya shu hafta Shimoliy Koreyada bo‘lib, Xalq oliy majlisi raisi Kim Yong Nam bilan uchrashgan. 

«Bu yerga kelishimizdan maqsad Shimoliy Koreya prezidentini 18 avgustdagi Osiyo o‘yinlari ochilish marosimida qatnashishlari uchun rasmiy taklif qilishdir», dedi vazir uchrashuvda.

Shuningdek, tashrif chog‘ida Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari, hududiy muammolar, jangarilarga qarshi kurashda Indoneziya polisiyasining harakatlari o‘zaro muhokama qilindi. Delegasiya o‘tgan hafta xuddi shu taklif bilan Seulga borgandi. Prezident Mun taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat Pyongchangdagi Olimpiya o‘yinlari ochilish va yopilish marosimlarida yagona bayroq ostida birlashgan edilar. Jakarta va Palembang shaharlari mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlari ikki davlat hamkorligini yanada kuchaytirishiga umid qilishmoqda.

Avvalroq Osiyo o‘yinlarida uch sport turi bo‘yicha (basketbol, ajdaho qayig‘i poygasi va eshkak eshish) Koreya davlatlarining birlashgan jamoasi qatnashishi xabar qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 15:26, 31.07.2018.
O'qildi: 2066 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик