Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbekiston Milliy terma jamoasini Ektor Kuper boshqaradi. Tanishtiruv marosimi 6 avgust sanasida

O‘zbekiston Milliy terma jamoasini Ektor Kuper boshqaradi. Tanishtiruv marosimi 6 avgust sanasida

Baho:
+ | -1
6 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi rasman tanishtiriladi. 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakat bosh jamoasini ishonib topshirish mumkin bo‘lgan mutaxassis bilan muzokaralarni yakunladi. O‘FA rasmiylari shartnoma imzolash mumkin bo‘lgan 10 dan ziyod nomzodlar orasidan argentinalik Ektor Kuper variantida to‘xtaldi. 6 avgust kuni mutaxassis jamoatchilikka rasman tanishtiriladi. 

Bungacha tashkilot birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoaga jahonda o‘z obro‘siga ega bo‘lgan murabbiy olib kelinishi haqida bir necha bor aytib o‘tgandi. Bu masala yuzasidan O‘FA jiddiy ish olib bordi. Termani qabul qilib olayotgan inson o‘zidagi katta mas’uliyatni his qilishi, xalqimizning ko‘p yillik orzusini ro‘yobga chiqarishi zarurligini ongli ravishda tushinib yetishi kerak edi. Shu vajdan yakuniy qarorga kelish vaqt talab qildi.  

Ektor Kuper o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun yaxshi tanish. 62 yoshli mutaxassis faoliyati davomida katta hajmdagi ishlarni bajargan hamda futbol olamida o‘z nomiga ega bo‘lib ulgurgan. U 1996 yil Argentinaning “Lanus” jamoasi bilan KONMEBOL Kubogi sohibi bo‘ldi. Bu muvaffaqiyati unga Yevropa eshiklarini ochib berdi. 

1998 yil Kuper Ispaniyaning “Malyorka” klubini mamlakat kubogi finaliga qadar boshlab keldi, Ispaniya Superkubogi uchun maydonga chiqdi. Bir yil o‘tib “Malyorka” Ektor bilan UYEFA Kubogi finaligacha yetib keldi. 

Shu tariqa murabbiy mashhur “Valensiya” klubi nazariga tushdi. Katta avlod futbol muxlislarimiz yaxshi eslashadi. “Ko‘rshapalaklar” 2000 hamda 2001 yilgi mavsumlarda Yevropa Chempionlar Ligasining finaligacha yetib kelib, ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘lishdi. Bunda Kuperning roli anchagina katta edi. Chunki “Valensiya”ning finalgacha yetib borishi ko‘pchilik uchun o‘ziga xos syurpriz bo‘lgandi. 

Keyinroq Ektor Kuper Italiyaning “Inter” hamda Gresiyaning “Aris” jamoalarida yaxshi ishladi. Bungacha u 1999 yilda Ispaniyada, 2000 yilda esa Yevropada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi. 

Ektor Kuperning milliy terma jamoadagi yurishi 2017 yilga to‘g‘ri keldi. 2015 yil Misr bosh jamoasini qabul qilib olgan Kuper, oradan ikki yo‘l o‘tib jamoasini Afrika Millatlar Kubogi finaliga qadar boshlab keldi. Shuningdek, 28 yildan buyon mundial chiptasini qo‘lga kirita olmayotgan misrliklarni Rossiya—2018 sari boshlab bora oldi. Mashhur Muhammad Salohning mamlakat qahramoniga aylanishi aynan Ekter Kuper davriga to‘g‘ri keldi. 

Endilikda O‘zbekiston milliy terma jamoasining taklifini qabul qilgan murabbiyi 6 avgust kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida soat 15:00da futbol muxlislariga tanishtiriladi. Shundan so‘ng u bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda barcha turdagi OAV ishtirok etishi mumkin.

“Kuper bilan yaxshi niyatlar hamda jiddiy maqsadlar yo‘lida kelishuvga erishdik. Umid qilamizki, millionlab vatandoshlarimizning uzoq yillik orzularini ro‘yobga chiqarishda bu inson bizga yordam beradi. Biz Yevropa futboli nafasini O‘zbekistonga olib kira oladigan, o‘z futbolchilariga qahramonlik hislarini singdira oladigan, jamoalari har qanday raqibga tik qaray oladigan, eng muhimi, Jahon Chempionati sari yo‘lni bosib o‘tgan tajribali murabbiyni istagandik. Bizningcha, Kuper bu talablarga mos keladi. Mana shunday mutaxassisning olib kelinishi uchun sharoit yaratib berayotgan O‘zbekiston hukumatiga hamda yangi bosh murabbiyni sabr bilan kuta olgan xalqimizga minnatdorchilik bildiraman”, - dedi Umid Ahmadjonov. 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:11, 02.08.2018.
O'qildi: 7319 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.