Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Shohsupa sari yo‘l». Sabina Tashkenbayeva: «Osiyo o‘yinlaridagi debyutimda maksimal ravishda harakat qilaman»

«Shohsupa sari yo‘l». Sabina Tashkenbayeva: «Osiyo o‘yinlaridagi debyutimda maksimal ravishda harakat qilaman»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 18 avgust kuni Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari start oldi. Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar bilan blis-intervyular tashkil etib kelmoqda. «Shohsupa sari yo‘l» loyihasining navbatdagi sonida badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkenbayeva bo‘ladi. Osiyo chempioni, Jahon kubogi va IV “Islom birdamlik o‘yinlari” sovrindori uchun yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlari dastlabkisi bo‘ladi.

Badiiy gimnastikani ilk ko‘rishimdayoq yoqtirib qolganman

Olti yoshimda onam sport gimnastikasi to‘garagiga olib borganlar. O‘shanda murabbiy ortiqcha vaznim bo‘lganligi sabab meni qabul qilishni istamagandi. Hafa bo‘lmaganman. To‘g‘risi, o‘shanda sport gimnastikasi meni o‘ziga maftun qila olmagan. Sport maktabidan chiqib ketayotganimizda badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarni ko‘rib qoldik. O‘shanda birinchi marotaba ko‘rishimdayoq sportning ushbu turini yoqtirib qolganman. Oyimga aynan o‘sha yerga olib borishlarini iltimos qilganman. Shu tariqa, badiiy gimnastikadagi faoliyatim boshlangan.

Ovqatlanish va tashqi ko‘rinishimiz doimo nazoratda

Barcha sportchilar kabi menda ham diyetologlar bilan birga ishlab chiqilgan ovqatlanish tartibim bor. Gimnastikachilarning taom rasioni boshqa sportchilarnikidan farq qiladi. Masalan bizga hamirli ovqatlar va shirinliklar iste’mol qilish mumkin emas. Chunki, vazn bizning sportimizda juda katta ahamiyatga ega. Nonushtaga asosan oqsil ko‘p bo‘lgan taomlar iste’mol qilamiz: turli kashalar, ba’zida pishloq ham. Tushlikka esa go‘shtli ovqat, bulyonlar. Kechki ovqatga esa sutli mahmulotlar, ho‘l va quruq mevalar yeymiz. Vaqti-vaqti bilan qora shokolad iste’mol qilishimizga ruhsat berishadi. Agar vazn bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa siz uchun ko‘p narsaga ruhsat bor. Ammo, biz har kuni tarozidan o‘tamiz. Umuman olganda, tashqi ko‘rinishimiz doimo nazoratda.

Kumiri – Oksana Chusovitina

Kumirim – afsonaviy sportchi, mamlakatimiz fahri Oksana Chusovitinadir. U men o‘rnak olishim uchun haqiqiy namunadir. Uning mehnatsevarligi, o‘z ishini sevishi har qanday sportchi uchun o‘rnak bo‘la oladi. U erishgan yutuqlariga qaramay ochiqko‘ngil va oddiy inson. Chusovitina doimo qiyin pallada qo‘llab-quvvatlay oladi. Mashg‘ulotlarga mas’uliyat bilan yondoshishi meni hayratlantiradi.

Bokudan xotira

Bu 2017 yili Bokuda o‘tkazilgan IV “Islom birdamlik o‘yinlari” vaqtida bo‘lgan. Kumirim Oksana Chusovitina ham o‘sha musobaqada ishtirok etgan va bizni qo‘llab-quvvatlash uchun zalga tashrif buyurgan. Aksiga olib o‘z chiqishimda men doimo yaxshi bajargan mashq o‘sha kuni ko‘ngildagidek chiqmadi. Biroz hafa bo‘ldim. Shunda Oksana oldimga keldi va men bajargan mashqni o‘zi takrorlashga urinib ko‘rdi. Keyin ushbu mashqni o‘zining erkin dasturiga kiritmoqchi ekanligini aytdi. Bu men uchun biroz kulgili ko‘rindi, ammo yakunda tabassum bilan o‘sha mashqni bexato bajarib bera oldim. Bu Chusovitina tomonidan ko‘rsatilgan yuksak insoniylik namunasi edi. U meni shunday ta’sirli tarzda qo‘lladiki, men qilgan xatoimni anglab yetib, murakkab elementni behato bajarishni uddaladim.

O‘z ishingni sevishing lozim

Men va mening sevimli murabbiyim L.V Vlasovaning o‘z orzularimiz, chempionlikka erishish yo‘lida yuksak maqsadlarimiz bor. Ammo buning uchun tinmay mehnat qilish lozim. O‘z ishingni sevishing va erishilgan natija bilan to‘xtab qolmasliging kerak. Shuningdek, bu yo‘lda yaxshi murabbiyning ahamiyati katta.

Osiyo o‘yinlaridagi debyut men uchun juda muhim

Oldinda turgan Osiyo o‘yinlari men uchun dastlabkisi hisoblanadi. Bu men uchun jiddiy va juda muhim musobaqa. Oldindan bashorat qilishni yoqtirmayman. Ammo, mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan medallarni qo‘lga kiritish uchun maksimal ravishda harakat qilaman.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:47, 02.08.2018.
O'qildi: 1714 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.