Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

JCH finalchilari mag‘lubiyatiga «Inter» futbolchilari sababmi? Uzoq yillik g‘aroyib ko‘rsatgich

JCH finalchilari mag‘lubiyatiga «Inter» futbolchilari sababmi? Uzoq yillik g‘aroyib ko‘rsatgich

Baho:
+ | -

Jahon chempionati startidan oldin Xorvatiya terma jamoasi finalda o‘ynashini kim bashorat qilgandi? Umuman, xorvatlarning shunday natija qayd etishlarini birov kutganmidi?

Bombardir.ru sayti ijodkorlarining faktlar asosida ta’kidlashlaricha, «Inter» (Italiya) klubi vakillari shunday bo‘lishini bilishgan yoki kamida kutishgan. Nega, bu xulosaning mohiyati nima?

Gap shundaki, JCH-82dan buyon bitta odat shakllangan bo‘lib, har bir mundial finalida «Inter» futbolchisi ishtirok etmoqda, albatta. Mana, bu safar ham an’ana buzilmadi: Italiya klubining ikki nafar vakili - Ivan Pereshich va Marselo Brozovich «Lujniki»dagi hal qiluvchi o‘yinda maydonga tushishdi.

Xo‘sh, ular kimlarning izidan borishdi?

JCH-82: Juzeppe Bergomi, Gabriele Oriali (Italiya) - chempion. E’tiborlisi, Bergomi Italiya terma jamoasida o‘sha chempionat startidan atigi 2 oycha oldin debyut qilgandi. Shunga qaramay, 18 yoshli yigitcha Ispaniyadagi turnir doirasidagi 3ta o‘yinda qatnashadi, xususan, yarim final va finalda.

Qolaversa, yosh Juzeppe sobiq GFR termasiga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsda Marko Tardelli tomonidan urilgan golga bevosita hissa qo‘shdi. Yakunda italyanlar 3:1 hisobida ustun kelishadi. Oriali esa chempionlik yo‘lidagi 5ta uchrashuvda qatnashgandi.

JCH-86: Karl-Xayns Rummenigge (GFR) - finalchi. Diyego Maradonaga atalgan mundial. Rummenigge avvalgi JCHda Chili termasi bilan bahsda «xet-trik»ka erishgandi.

Meksikada esa 1tagina gol uradi, lekin aynan final uchrashuvida. U hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirgach, ko‘p o‘tmay, Rudi Fyoller muvozanatni tiklaydi, biroq yakunda argentinaliklar yana bitta gol urib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonishadi.

JCH-90: Yurgen Klinsmann, Lotar Matteus, Andreas Breme (GFR) - chempion. Betakror Klinsi o‘sha chempionatda 3ta gol urgandi. U finalda raqib darvozasini nishonga ololmaydi, ammo nemislar ishini ancha osonlashtiradi - final hushtagi yangrashiga 25 daqiqacha qolgan vaqtda argentinalik Pedro Monson aynan Yurgenga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlashtiriladi.

Keyin nemislar hujumni kuchaytirib, 85-daqiqada penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishadi va uni yana bir «neradzurra» - Andreas Breme aniq amalga oshiradi.

JCH-94: Nikola Berti (Italiya) - finalchi. Arrigo Sakki «Inter» vakiliga AQSH mundialining har bir o‘yinida ishonch bildiradi, u esa bunga munosib javob beradi.

Deylik, ispanlarga qarshi kechgan chorak final bahsida samarali hujum aynan Nikola tomonidan boshlangan va Roberto Badjo g‘alaba golini nishonlagandi. Umuman, u finalda to‘liq 120 daqiqa to‘p surgandi. Biroq italyanlar penaltilar seriyasida Braziliya termasiga yutqazib qo‘yishadi.

JCH-98: Yuriy Jorkayeff (Fransiya) - chempion, Ronaldo (Braziliya) - finalchi. «Inter» futbolchilari ilk marta JCH finalida bir-birlariga qarshi o‘ynashadi. Braziliyalik Ronaldo o‘sha vaqt eng yuqori sport formasida edi, biroq final kuni unga nimadir bo‘ladiyu, o‘yini aslo qovushmaydi.

Shunga qaramay, buyuk «so‘yloq» maydonda to‘liq 90 daqiqa harakatlanadi, Jorkayeff esa ikkinchi bo‘lim yarmidan o‘tgan vaqtda o‘z o‘rnini Patrik Viyeyraga bo‘shatib beradi.

Natijaga kelsak, fransuzlar 3ta javobsiz gol urib, ilk marta jahon futboli taxtiga ko‘tarilishadi. Zayniddin Zidanning bosh bilan urgan «egizak» gollari yodingizdadir...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:55, 03.08.2018.
O'qildi: 10936 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик