Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Futbolchi, gol, baklashka! «Neftchi» – «Navbahor» o‘yinida g‘alati holat kuzatildi. Ammo O‘zPFL jim... (video)

Futbolchi, gol, baklashka! «Neftchi» – «Navbahor» o‘yinida g‘alati holat kuzatildi. Ammo O‘zPFL jim... (video)

Baho:
+1 | -1

Kecha, 2 avgust kuni O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda mezbon jamoa “Neftchi” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Ammo bu uchrashuvda g‘alati hodisa kuzatildi, ya’ni farg‘onaliklarning ikkinchi golini urgan Abdurahmon Abdulhaqov golni nishonlashi mehmonlar muxlislariga yoqmagan ko‘rinadi, ular adashib golni o‘z oldilarida nishonlayotgan “Neftchi” futbolchisiga plastik idish (baklashka) lar va turli xil buyumlarni otishgan.

Gol nishonlashning ham o‘z qoidalari bor, masalan Yevropada futbolchi gol ursa, kamdan-kam holatda raqib jamoa muxlislarini g‘ashiga tegadi, yoki bo‘lmasa umuman golni ular oldida nishonlashni hayoliga keltirmaydi.CHunki ular ham boshlariga bakalashkadan zarba qabul qilishga qo‘rqadi, albatta.

Ammo “Neftchi”ga g‘alaba keltirgan gol muallifi Abdurahmon Abdulhaqov bunday yo‘l tutmasdan yoppasiga “Navbahor” muxlislari joylashgan sektor tomon yugurib bordi va olarini-olib ortiga qaytdi. Videolavhada yaxshilab kuzatsangiz, Abdulhaqovning xursandchiligini xuddi jahon chempionati finalida urilgan gol xursandchiliga qiyoslash ham mumkin.

Ey bola, axir bu Superliga-ku. Va gol urishga-urding lekin nima keragi bor muxlislarning asabiga tegib, muxlislar futbol ko‘rish ilinjida ma’naviy dam olaman deb stadionga tushadi. Senga bakalashka otish ular uchun ham havas emas. Futbolchi nima bo‘lgan taqdirda ham o‘z hissiyotlarini jilovlay olishi shart.

Xo‘sh bu vaziyatda kimni aybdor deb topish mumkin? Golni raqib jamoa muxlislari oldida ataylab nishonlagan futbolchinimi yoki stadionga bakalashkada suv olib kirishga yo‘l qo‘yib bergan Ichki ishlar xodimlarinimi?

Balki qiziqqon “Navbaxor” muxlislari bu vaziyatda aybdordir? O‘yin yakunlanganiga deyarli bir sutka bo‘lyapti, lekin bu holat bo‘yicha O‘zPFL mutasaddilari hozircha rasmiy ma’lumot bermadi. Go‘yoki, hech nima bo‘lmagan. Holis jurnalist sifatida shuni aytishim mumkinki bu holat shunchaki yopiq qozon ichida qolib ketmasligi kerak.

Axir, klublar, hakamlar va futbolchilarning jarimaga tortilgani shu yo‘l bilan aqlini kiritib qo‘yilgani haqidagi yangiliklar e’lon qilinmayotganiga ham ancha bo‘lib qoldi. Nima ham derdik, so‘nggi qarorni O‘zPFL aytsin!

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:29, 03.08.2018.
O'qildi: 8012 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.