Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Bosh mavzu - Qatar-2022: shahar, stadionlar... (+fotogalereya)

Bosh mavzu - Qatar-2022: shahar, stadionlar... (+fotogalereya)

Baho:
+1 | -1

Mana, uzoq kutilgan Rossiya mundiali-2018 ham ohistagina futbol tarixi sahifalariga ko‘chdi. Shu bilan har 4 yillikning keyingi eng katta futbol bayrami - Qatarda o‘tadigan JCH-2022 vaqtini hisoblab borish boshlandi.

Hozirdannavbatdagijahonforumio‘zgachabo‘lishikutilmoqda. Eng katta o‘zgarish sifatida o‘yinlarning yoz emas, balki kuz-qish fasliga to‘g‘ri kelishini aytish mumkin. Tabiiyki, biz ham buyog‘iga bo‘lajak mundialga imkon qadar ko‘proq e’tibor qaratamiz.

Birinchidan, unda milliy jamoamizning nihoyat, debyut qilishini kutyapmiz. Ikkinchidan, JCH tarixda ikkinchi marta ulkan Osiyo mehmoni bo‘ladi. Endi asosiy ma’lumotlarga birrov to‘xtalib o‘tsak bo‘laverar...

QAROR QACHON QABULQILINGANDI?

Qatar JCH-2022 mezbonlik huquqini 2010 yilning 2 dekabr kuni qo‘lga kiritgandi. Ya’ni Rossiya JCH-2018 mezboniga aylangan kuni qatarliklar ham alohida bayram qilishgan. Yaqin Sharq mamlakati «zayavka»si FIFA Ijroiy qo‘mitasi a’zolari ishtirokidagi ovoz berish jarayonida Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSH arizalaridan ustun chiqqandi.

Aniqrog‘i, jarayonning hal qiluvchi 4-turida Qatar uchun 14 kishi ovoz bergandi. O‘shanda finalga chiqqan AQSH «zayavka»sini 8 kishi yoqlagan. Xullas, qatarliklar yakuniy bosqichda amerikaliklarni sezilarli darajada ortda qoldirishgandi.

CHEMPIONAT QACHON O‘TKAZILADI?

FIFA tomonidan 2018 va 2022 yillardagi turnirlarning tashkilotchi mamlakatlari nomi e’lon qilingani hamono chor atrofdan sanog‘i yo‘q tanqidiy fikrlar va xulosalar yangray boshladi. Ayniqsa, Qatar-2022 loyihasi jiddiy e’tirozlarga uchragani rost.

Xususan, ko‘pchilik bu mamlakatda yozda futbol o‘ynab bo‘lmasligini ta’kidlab, ayyuhannos solishga tushdi. Bunday yondashuv asosiz emasdi - Qatarda maydan sentyabrgacha o‘rtacha havo harorati 40-45 darajadan pastga tushmaydi odatda. Qatarliklar tanqidlarga javoban arenalarni zamonaviy sovutkich tizimi bilan to‘liq ta’minlashga va’da berishdi.

Oddiy aytganda, mezbon mamlakat tomoni chempionat vaqtida stadion ichidagi havo harorati 27 daraja issiqdan oshmasligini ta’kidladi. Biroq bu g‘oya ko‘pchilik tomonidan ma’qullanmadi. Xususan, FIFAning o‘sha vaqtdagi prezidenti Yozef Blatter JCH-2022ni bahor oylariga ko‘chirish variantini ilgari surdi. Ammo sobiq funksionerning taklifi ham yarim yo‘lda qolib ketdi.

Ya’ni 2014 yilga kelib, xalqaro futbol federasiyalari uyushmasi bosh kotibi Jerom Valke turnir kuz-qish faslida o‘tishini ma’lum qildi. Keyinroq - 2015 yili FIFA Ijroiy qo‘mitasining Syurixdagi yig‘ilishida mundial-2022 uchun tanlangan aniq muddat aytildi - 21 noyabr - 18 dekabr. Yaqinda esa bu muddat rasman tasdiqlandi.

O‘YINLAR QAYSI SHAHAR VASTADIONLARDA BO‘LADI?

Qatar mundiali o‘yinlari uchun 5ta shahar tanlab olingan. Bular - Doxa, Al-Vaqra, Al-Xor, Al-Rayan, Umm-Salal, Madinat-al-SHamal va chempionat uchun 9ta yangi arena qurish va 3tasini to‘liq rekonstuksiya qilishni rejalashtirishgandi. Biroq keyinroq tashkilotchilar 8ta arena bilan cheklanish haqida qaror chiqarishdi.

Xullas, «Qatar-2022» tashkiliy qo‘mitasi bu sonni optimal variant o‘rnida ko‘rdi. Umuman, ushbu masalada FIFA bilan hali bir to‘xtamga kelingan emas. Tabiiyki, stadionlar sonini aynan FIFA belgilab beradi. Mana, JCH-2018 yakunlandi va Janni Infantino jamoasi endi bunga alohida yondashsa, ajabmas.

Darvoqe, tashkilotchilarning aytishlaricha, stadionlarning bir-biriga yaqin hududda joylashgani ham jamoalar, ham muxlislarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Deylik, har qanday arenadan ikkinchisiga ko‘pi bilan atigi bir soatdan kamroq vaqtda yetib olish mumkin. Bu holat muxlislarning kuniga bir necha o‘yinni bevosita tomosha qilish imkonini beradi.

Shuningdek, JCH uchun tayyorlangan va tayyorlanayotgan barcha sport majmualarining keyingi taqdiri  ham hozirdan ma’lum: ba’zi stadionlar boshqa sohalarga moslashtiriladi, arenalardan biri esa butunlay buzib yuboriladi.

BYUDJET QANCHA?

Loyihaga muvofiq, JCH-2022 tarixdagi eng qimmatbaho mundial bo‘ladi. Qatar tomoni har 4 yillikning bosh futbol bayramini unutilmas voqelikka aylantirish yo‘lida chamasi 200 milliard dollar sarflaydi. Taqqoslash uchun aytsak, JAR-2010 xarajati taxminan 7 milliard, Braziliya-2014niki 14 milliard dollarga yetgandi. Rossiyadagi jahon chempionatiga esa 11 milliard dollar ketdi.

Bo‘lajak mezbonlar sport infratuzilmasi uchun chamasi 10 milliard sarflashadi, qolgan mablag‘ yangi avtomagistrallar, metro liniyasi, temiryo‘l tarmog‘i, aeroport va Lusail shaharchasini qurishga yo‘naltiriladi.

MUXLISLARNI NIMALAR KUTMOQDA?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:39, 04.08.2018.
O'qildi: 20281 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.