Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligini qo‘lga kiritdi (foto)

Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligini qo‘lga kiritdi (foto)

Baho:
+1 | -

O‘zbekistonlik yengilmas jangchi Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligini qo‘lga kiritdi.

Mahmud Murodov - butun jahonga mashhur, ko‘p yillardan beri O‘zbekiston vaChexiyaning eng yaxshi MMA jangchisi. U endi Amerikani ham zabt etmoqda. Uning jang qilish texnikasi Floyd Meyvezerni ham o‘ziga maftun qilgan.

«Alhamdulillah yana bir orzuim amalga oshdi. Muhtaram Prezidentimizga bizga bo‘lgan ishonchlari va qo‘llab-quvvatlashlari uchun alohida tashakkurimni izhor etaman. Shavkat Miromonovich, yurtimiz uchun qilayotgan ishlaringiz va bugun menga hadya qilgan ulkan quvonch uchun  katta rahmat. Sizga va oilangizga uzoq umr tilayman! 26 yil davomida shu kun kelishiga shubha qilmagan edim, hech qachon o‘z ajdodlarimni va o‘zbek o‘g‘lon ekaninmni unutmaganman va bugun buni tasdiqlovchi hujjatni qo‘limga oldim. O‘z yurtimning haqiqiy fuqarosi sifatida uning sha’nini jahon miqyosida himoya qilishga va bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, o‘zbek sportchilarining qudratini har bir mamlakatga bildirishga qasamyod qilaman. Har bir inson orzu bilan yashaydi, meniki esa bugun ushaldi. Yana bir bor rahmat...»

Mahmud Murodov asli Tojikistonda tavallud topgan bo‘lib, ikki yoshida ota-onasi bilan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Ko‘p yillardan beri jahon ringlarida O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib kelayotgan sportchi va nihoyat O‘zbekiston fuqaroligini olgani haqida o‘zining instagram tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida xabar bergan. U o‘zining quvonchini yashirmay, Prezidentga minnatdorchiligini bildirgan va yana bir orzusi amalga oshganini ma’lum qilgan.

«Men O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini olganimdan fahrlanaman va juda xursandman. Avvalgi qonunga asosan qochoqlar fuqarolikni olish uchun ariza topshira olmas edilar, lekin yangi qonunga ko‘ra bunga imkon tug‘ildi. Tahminan sakkiz oy oldin ariza topshirgan edim, va mana, nihoyat men rasman O‘zbekiston fuqarosiman. Rossiya, Ukraina va Armaniston menga o‘z fuqaroligini taklif qilgan, janglardaularning bayrog‘ini ko‘tarishimni xohlagan, lekin men doimo o‘zbekman deganman». Mahmud Murodov

Mahmud Murodov Myday jurnaliga bergan intervyusida o‘zini o‘zbek deb hisoblashi, lekin hali ham O‘zbekiston fuqaroligiga ega emasligi haqida ham gapirgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay uning orzusi amalga oshdi va u endi O‘zbekistonning  haqiqiy fuqarosi.

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 18:55, 04.08.2018.
O'qildi: 9921 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.