Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Menga «Barsa» yoki «Real»ni bering shunda ko‘rasiz…» Zlatko Dalich faoliyatiga nazar

«Menga «Barsa» yoki «Real»ni bering shunda ko‘rasiz…» Zlatko Dalich faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasini JCH finaliga mardonavor yetaklab, murabbiylar orasida haqiqiy kashfiyotga aylangan Zlatko Dalich yaqinda ham BAA-da ishlab yurgandi.

Bugun esa u butun Xorvatiyaning cheksiz muhabbatini tuymoqda. Axir futbol ommasi aynan shu murabbiy mehnati o‘laroq, Xorvatiya terma jamoasini alohida yoqtirib qo‘ydi.

Xo‘sh, Zlatko Dalich kim, u jahon arenasiga qayerdan chiqib qoldi?

Murakkab vaziyat

2017 yilning 7 oktyabri. Shu kuni Xorvatiyaning 4 millionli aholisidan hech kim mamlakat futboli ramzi, o‘sha afsonaviy Davor Shuker o‘rnida bo‘lib qolishni aslo istamasdi. Mamlakat futbol federasiya­si prezidenti lavozimida ishlayotgan sobiq hujumchi shunchaki, o‘zini qurshab olgan shubha-gumonlar orasida «qovurilib», hattoki, aqlini yo‘qotadigan darajaga kelib qolgandi.

Axir tushlik payti Direktorlar kengashi milliy jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Ante Chachich bilan xayrlashish haqida qaror chiqardi, futbolchilar esa qandaydir 4 soatdan keyin JCH-2018 saralashidan o‘rin olgan hal qiluvchi o‘yin uchun Kiyevga jo‘nab ketishlari kerak edi.

Ana shunday tig‘iz pallada jamoaning bosh murabbiysiz qolgani... Xullas, xorvatlar Ukraina termasiga qarshi o‘yin oldidan shunchaki, tushunarsiz va murakkab holat oldida go‘yoki, taqdirga tan berishgandi. Gap shundaki, xorvatiyalik yulduzlar bir kun avval oqshomda Zagrebda «bo‘ysinmas» finlyandiyaliklarga qarshi hech narsa qilolmagandilar.

Natijada jamoaning saralash guruhida 2-o‘rinni olib, «pley-off» o‘yinlarilariga chiqishi ham shubha ostida qoldi. Buning uchun Luka Modrich va Ivan Rakitich yetakchiligidagi futbolchilarning Ukraina safaridan g‘alaba bilan qaytishlari talab etilardi...

Dalichga qo‘ng‘iroq

Ha, Xorvatiya milliy jamoasi mundial yo‘llanmasi yo‘lidagi saralash o‘yinlarida sira o‘ziga o‘xshamadi — asosiy raqiblar Islandiya va Turkiya termalari bilan o‘yinlardagi mag‘lubiyat ortidan o‘rtamiyona finlyandiyaliklarni yengolmaslik dard ustiga chipqon bo‘ldi.

Vaqtida ne-ne gollarni urgan Shuker jamoa kiyinish xonasiga kirdiyu, umumiy muhit juda qaltis ekanligini tushundi. Zero, futbolchilar juda asabiy holatda, Chachich esa nazoratni qo‘ldan chiqargandi. Xullas, jahon chempionatiga chiqish uchun oxirgi imkoniyatni ham yo‘qotmaslik uchun darhol qat’iy chora qo‘llash zarurati tug‘ildi.

Shu tariqa jamoa safarga jo‘nashga oz fursat qolgan payt bosh murabbiysiz qoldi. Aslida Davor Shukerda yangi murabbiy tanlash imkoniyati deyarli nolga teng edi. Har holda, bunday qisqa vaqt ichida nomdor mutaxassis bilan kelishuvga erishish mumkin emasdi. Lekin vaziyat tezda amaliy harakat boshlashni taqozo etardi.

Shuker xuddi shunday qildi ham - telefonini qo‘liga oldida eski tanishi Zlatko Dalich raqamini terdi. Muhimi, nomzod murabbiy o‘zini bozorga solmadi, jamoa ahvoli o‘ta tangligini pesh qilmadi va Ukraina tomon uchish arafasida aeroportga yetib keldi. U aynan shu joyda futbolchilarga yangi ustoz sifatida tanishtirildi.

Ya’ni hech qanday shartnoma tuzilgani ham, hujjatlarga imzo chekilgani ham yo‘q. Boshqacha aytganda, Dalich vaqtincha jentlmenlik kelishuvi asosida ishlashga ko‘ndi.

Futbolchilik va murabbiylik tajribasi

Zlatko Dalich vaqtida futbolchi bo‘lgan, ammo aytarli hech narsaga erishmagan. Faoliyatining katta qismini kamtaringina «Varteks»da o‘tkazgan bo‘lajak murabbiy ikki mavsum «Xayduk»da ham to‘p surgan. Lekin bu klubda asosiy tarkibning muqim a’zosi darajasiga chiqmagan. Butsalarini mixga ilganidan keyin esa o‘sha «Varteks»da murabbiylik ishini boshlab yubordi.

Shundan so‘ng Albaniyaning «Tirana» jamoasida oz-moz tajriba oshirgach, ortga qaytib, Xorvatiya yoshlar termiasi boshqaruvini qo‘lga oldi. Aytish joiz, Dalich aynan shu davrda yosh Ivan Perishich va Mario Manjukichni katta sahnaga ko‘tardi. Zlatkoning keyingi 6 yillik faoliyati Osiyoda, aniqrog‘i, Yaqin Sharqda kechdi.

Xorvat mutaxassisi «sariq qit’a»da ham sokingina ishladi va faqat BAAning «Al-Ayn» klubini OCHL finaliga olib chiqish evaziga ma’lum darajada tanildi. Shunday bo‘lsada, uning birdaniga Xorvatiya milliy jamoasiga tayinlanishi aqlga sig‘mas qaror sifatida qabul qilindi.

Shuker hattoki, buning uchun kalaka ostiga ham olindi. Qarangki, «havodan tushgan» shu murabbiy ilk o‘yindayoq jamoa qiyofasini butkul o‘zgartirib yubordi.

Dalichga superklubni berib ko‘rish kerak...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:07, 05.08.2018.
O'qildi: 6322 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.