Xabaringiz bor Ravshan Xaydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz hozirda Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishitrok etish uchun Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda.
Sunnatillo Abdurasulov boshchiligida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa ayni kunlarda Vyetnamdagi "Vinaphone-2018" xalqaro musobaqasida ishtirok etyapti.
Birinchi tur o‘yinida Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, durang qayd etgan futbolchilarimiz ikkinchi o‘yinda Falastin olimpiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi. Falastinliklar tomonidan kiritilgan 2 ta golga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1 ta gol bilan javob bera oldi. Gol muallifi - Nurillo To‘xtasinov.
Vyetnamdagi xalqaro musobaqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilarni sinovdan o‘tkazish, ularga xalqaro o‘yinlar tajribasini taqdim qilish va saralab olish vazifasini bajarib beradi.
Vakillarimiz musobaqadagi so‘nggi o‘yinni 7 avgust kuni musobaqa mezboni Vyetnamga qarshi o‘tkazishadi.
Lamin Yamal “Real”ni tanqid qildi [3116]
«Barselona» Chempionlar ligasini o‘ta yirik hisobidagi g‘alaba bilan boshladi [2355]
«Real» Kurtua bo‘yicha qaror qabul qildi [1871]
Ferran Torres Chempionlar ligasining asosiy favoritlarini aytdi [1801]
«Barselona» avvalgi transferlar bo‘yicha 84 mln yevrodan ortiq qarzini to‘ladi [1657]
21-turning dastlabki o‘yinlari yakunlandi (Turnir jadvali) [1391]
YECHL. «Barselona» — «Feyenoord»: jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari e’lon qilindi [1381]
Diomande dam olish kuni ham «Real» bazasida mashg‘ulot o‘tkazdi [1292]
Ronaldu «Abha» ustidan g‘alabadan keyin post qoldirdi [1290]
Lamin Yamal Chempionlar ligasida Mbappening rekordini yangiladi [1234]













