Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

So‘nggi daqiqa “qurbonlari”

So‘nggi daqiqa “qurbonlari”

Baho:
+ | -

“Barselona” yashin tezligida Malkomni o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin Goal nashri Malkom transferidan oldin ham ro‘y bergan dramatik transferlarni yodga oldi. Quyidagi futbolchilarning ko‘pchiligi dunyo tan olgan yulduzlar. Guvohi bo‘lishingiz mumkinki, “Barsa”ning “Roma”ni og‘zidan ilib ketgan Malkom birinchisi emas va oxirgisi ham bo‘lmaydi.

Romelu Lukaku “Chelsi”da

Mavsumni 25 gol bilan tugatganidan keyin Lukaku 2017-18-yilgi mavsumni Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klubni qidira boshladi. Amaldagi Premyer Liga chempionligi maqomida bo‘lgan “Chelsi” go‘yoki bu kurashda asosiy favoritdek edi. Antonio Konte o‘z jamoasiga olib kelish uchun juda harakat qildi. Shunga qaramay, bu kurashda “MYU” g‘olib bo‘ldi. Manchester shahri vakili 75 million yevro evaziga uni “qizil iblis”ga aylantirdi.

Lukaku ham buni amalda isbotlashga kirishib ketdi. U o‘zining ilk mavsumida 27 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2018-yilgi Jahon Chempionatida esa termasining suyangan tog‘iga aylandi.

Pedro “Manchester Yunayted”da

2015-yilda “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan Pedro uchun “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jiddiy raqobat uyushtirdi. “MYU” vakillari hujumchi bilan muzokaralar olib borish uchun Ispaniyaga bordi. Biroq vingerning agenti keyinroq muzokaralar yurishmayotganiga sha’ma qildi va londonliklar kurashga qo‘shildi va Pedroni 19 million funt evaziga Londonga olib ketdi.

Emmanuyel Peti “Tottenxem”da

Davomini o‘qish ->

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:49, 10.08.2018.
O'qildi: 5631 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик