“Vulverxempton” darvozaboni Ruy Patrisiu o‘ziga yangi raqam tanladi.
Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin portugaliyalik darvozabon joriy mavsum 11-raqamda o‘ynaydi.
1-raqamni esa rahbariyat bo‘sh qoldirishga qaror qilishdi.
Avvalroq, bu raqamni yaqinda faoliyatini yakunlagan Karl Ikeme olgandi.