Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

APL: «Vulverxempton» va «Everton»da jangovor durang

APL: «Vulverxempton» va «Everton»da jangovor durang

Baho:
+ | -

Angliya premyer ligasi 1-turi doirasidagi bugunga belgilangan oxirgi uchrashuv o‘z poyoniga yetdi.

«Moline Stedium» o‘yingohida kechgan bahsda Angliya elitasiga qaytgan «Vulverxempton» «Everton»ni qabul qildi.

Uchrashuv dastlabki daqiqalaridanoq shiddatkor tarzda boshlandi va jamoalar galma-gal hujumlar bilan muxlislarni hayajonda ushlab turishdi. Mezbonlar yuqori ishtiyoq bilan harakatlangan bo‘lishsa, liverpulliklar tajribalariga tayangan holda nisbatan tejamkorroq futbol ko‘rsatishdi.

Shunday bo‘lsada birinchi golni aynan mehmonlar kiritishdi. Aniqrog‘i, 17-daqiqada burchakdan yetkazib berilgan to‘pdan so‘ng jarima maydoni ichida chaqqonroq harakat qilgan Risharlison hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Mazkur goldan so‘ng o‘ziga ishonchi ortgan «Everton» ishonchli o‘yini bilan ajralib turgandi, biroq, 40-daqiqaga kelib jamoaning tajribali himoyachisi Fil Jagelka to‘pni to‘xtatishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘z xatosini tuzatish payida raqibga nisbatan jiddiy tashlandi. Mazkur vaziyatda hakam mehmonlar vakilini maydondan chetlatdi.

Aynan shu vaziyatda yuzaga kelgan standart vaziyatni Ruben Nevesh ajoyib tarzda ijro etib, juda chiroyli gol bilan hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim shunday voqealar bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim ham xuddi birinchisi kabi jamoalarning galma-gal hujumlari ostida kechdi. Ayrim daqiqalarda «Vulverxempton» ustunlik qilsa, ayrim daqiqalarda bir kishi kam bo‘lishiga qaramay «Everton» yaxshiroq harakat qildi.

Hisob esa 67-daqiqaga kelib o‘zgardi. Tosun va Risharlison kombinasiyasi braziliyalik yosh futbolchining dubli bilan yakunlandi.

Ammo elitaning yangi mehmonlari iroda kuchini yana bir bor namoyish etib, bu golga ham javob qaytarishdi.

80-daqiqada Ruben Neveshning ideal pasini Raul Ximenes boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa har ikki jamoa mavsum startini bittadan ochko bilan boshlashdi.

APL. 1-TUR

VULVERXEMPTON – EVERTON 2:2 (1:1)

11 avgust, «Moline Stedium»

Gollar: 0:1 – 17 Risharlison, 1:1 – 44 Ruben Nevesh, 1:2 – 67 Risharlison, 2:2 – 80 Ximenes.

Vulverxempton: Ruy Patrisiu, Koudi, Boli, Kastro (Ruben Vinagre, 76), Bennett, Diogu Jota, Moutinyu (Gibbs-Uayt, 85), Elder Koshta (Leo Bonatini, 71), Ruben Nevesh, Doerti, Ximenes.

Everton: Pikford, Jagelka, Beyns, Koulmen, Kin, Sigurdsson (Xolgeyt, 43), Guye, Uolkott, Shnayderlin, Risharlison (Din, 86), Tosun (Nyasse, 81).

Ogohlantirish: Risharlison (14).

Chetlatish: Jagelka (40).

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:47, 11.08.2018.
O'qildi: 3124 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик