Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Alvaro Odriosola: «Real Madrid»da o‘ynash – chin orzu»

Alvaro Odriosola: «Real Madrid»da o‘ynash – chin orzu»

Baho:
+ | -

«Real» safidan joy olgan yosh iqtidor sohibi - Alvaro Odriosola «Santyago Bernabeu»ning faxriy lojasida o‘tkazilgan rasmiy tanishtiruv marosimidan so‘ng xushchaqchaq holda, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Anjumanni klubning yangi a’zosiga hamrohlik qilgan faxriy Alvaro Arbeloa ochib berdi: «Bor kuch-mahoratini «Real»ga bag‘ishlashga tayyor turgan noyob iqtidor sohibini ommaga rasman tanishtirish - katta sharaf! Bu yerda ulkan zafarlarga erishishingga ishonamiz. O‘zingni xuddi uyingdagidek erkin his etishing uchun barcha sharoitlarni yaratamiz.

Umidvormanki, muxlislar ilk o‘yindayoq seni yoqtirib  qolishadi. «Madrid»ga xush kelibsan, Alvaro, senga omad!» Shundan so‘ng navbat Odriosolaga berildi.

ILK TAASSUROT

- Hozir har qachongidan-da baxtliroqman. Chunki bugun azaliy orzum amalga oshdi - futbol olamining eng buyuk klubi safiga qo‘shildim. Hissiyotlarimni so‘z yordamida ifodalashga ojizman. Bunday voqea hayotda bir marta bo‘ladi. Shunday sharaf nasib etganidan baxtiyorman.

ZAFARLAR ORZUSI

- Avvalo, futbolchi va inson sifatida kamolotga erishish niyatidaman. Shuning barobarida mavjud sovrinlarga ega chiqishni ham xohlayman, albatta. «Real» tarkibida o‘ynash va muvaffaqiyatga erishish - har bir futbolchi uchun chin orzu. Demak, orzumni ro‘yobga chiqarish yo‘lida bor kuchimni ayamayman.

XULEN LOPETEGI BILAN HAMKORLIK

- «Madrid»da to‘p surish imkoniyati taqdim etilganidan behad mamnunman va buning uchun birinchi nav-batda, Xulen Lopetegiga minnatdorchilik bildiraman. Biz bugun ertalab uchrashdik va murabbiy menga ishonishini ta’kidlab, astoydil ter to‘kishim kerakligini uqtirdi. Zero, buyuk jamoada talab ham yuqori bo‘lishi tabiiy hol. Shunchaki, nomiga o‘ynash bilan uzoqqa borish mumkin emas. Lopetegi shaxsiy g‘oyalarini amalga tatbiq etishga usta murabbiy.

KUTILAYOTGAN ANIQ RAQOBAT

- «Madrid» safidan joy olgan har qanday futbolchi o‘ta kuchli raqobatga duch kelishi tayin. O‘ylashimcha, bu yerdagi asosiy raqobatchim - Dani Karvaxal. Men uchun ajoyib namuna, unga hurmatim baland. Pozisiya uchun kurash jarayonida bor mahoratimni ishga solaman. Menimcha, sog‘lom raqobat ham futbolchilar, ham jamoaga manfaat keltiradi.

«MADRID» - ZAVQ MANBAI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 06:01, 13.08.2018.
O'qildi: 3332 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.