Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Yamal derbidagi g'alabadan so‘ng keskin bayonot berdi

Yamal derbidagi g'alabadan so‘ng keskin bayonot berdi

Baho:
+2 | -

«Barselona» vingeri Lamin Yamal La Liga doirasida «Espanyol»ga qarshi kechgan va 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joylashtirdi. Uchrashuvning 9 va 25-daqiqalarida Ferran Torres raqib darvozasini ishg‘ol qildi — har ikkala golga Yamal assistentlik qildi.

87-daqiqada 18 yoshli futbolchining o‘zi ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi, 89-daqiqada esa Markus Reshford tablodagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

«Barselona — ko‘k-anorrang! Ular buni doimgidek hazm qilishlariga to‘g‘ri keladi», — deb yozdi Barselona derbisining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Yamal o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.

Xans-Diter Flik shogirdlari 79 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Madridning «Real» klubini 9 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Espanyol» (38 ochko) esa 10-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:27, 12.04.2026.
O'qildi: 3690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик