Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Manchester Yunayted" chap qanot uchun ikki ispaniyalik himoyachini nishonga oldi

"Manchester Yunayted" chap qanot uchun ikki ispaniyalik himoyachini nishonga oldi

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi taniqli agent Jorje Mendesh bilan ikki nafar chap qanot himoyachisini ehtimoliy transfer qilish masalasida muzokara olib bormoqda. Bu haqda TeamTalk xabar berdi.

Manchesterliklar "Barselona" himoyachisi Alexandro Balde va "Rasing"da to‘p surayotgan Xorxe Salinas nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda. Yangi futbolchi Lyuk Shouga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

"Yunayted"ning asosiy transfer maqsadi hamon "Nyukasl" himoyachisi Lyuis Xoll bo‘lib qolmoqda. Biroq uning klubi shunday katta mablag‘ talab qilmoqdaki, agar transfer amalga oshsa, Xoll tarixdagi eng qimmat chap qanot himoyachisiga aylanishi mumkin. Shu sabab "Manchester Yunayted" rahbariyati muqobil variantlarni o‘rganishni boshlagan.

Salinasning shartnomasida 16 million yevrolik tovon puli belgilangan. Biroq futbolchining o‘zi hozircha Madridning "Atletiko" klubiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Balde esa "Elche"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganidan so‘ng, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan kelajagi bo‘yicha muzokara o‘tkazishi kutilmoqda. Kataloniya klubi boshqa transferlarni moliyalashtirish maqsadida himoyachini sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

"Manchester Yunayted" sport direktori Jeyson Uilkoks Jorje Mendesh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lib, transfer oynasi yopilgunga qadar chap qanot himoyachisi pozisiyasini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 17:31, 26.08.2026.
O'qildi: 1525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик