Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

“Erkakcha gapiraman: endi bu yerda ishlay olmayman” — Babayan “Andijon”ni tark etdi

“Erkakcha gapiraman: endi bu yerda ishlay olmayman” — Babayan “Andijon”ni tark etdi

Baho:
+ | -

«Andijon» – OKMK (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Samvel Babayan quyidagicha fikr bildirdi:

— Birinchi navbatda bugungi natija uchun hammadan uzr so‘rayman. Nima deyishim mumkin? Tushuntirish juda qiyin. Bu hol meni faoliyatimda birinchi marta ro‘y berdi. Nima bo‘lishi kerak bo‘lsa bo‘ldi. Faqat «Andijon»da shu holat bo‘lgani achinarli. Bugungi raqibimiz ham qiyin holatda edi. O‘yinni yomon boshlamadik, deb o‘ylayman. Bir qator imkoniyatlarimiz bo‘ldi, standartlardan ham foydalansak bo‘lardi. Harakat qildik, ammo to‘p darvozaga kirmadi. Qanot himoyasidagi xatolar tufayli gol o‘tkazdik. Darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazdik, tushuntirishim ancha qiyin. Birinchi taymda raqib deyarli unchalik xavfli vaziyatlarni yarata olmadi. Yaxshi harakat qilsak, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Yigitlar vaziyatni o‘zgartirishga intilishdi. Bu safar o‘xshamadi.

Jamoadagi faoliyatimga to‘xtaladigan bo‘lsam, klubga kelganimda safarda «Bunyodkor»ni yutdik va klubni Superligada saqlab qoldik. Jamoa rahbariyati shakllantirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Yomon transferlar qilmadik. Kimni olmoqchi bo‘lsak, barchasini ololmadik. Chunki ko‘pchiligini shartnomalari bor edi. Shartnoma muddati tugaganlarini imkoniyat darajasida oldik. Jamoa qurishni yaxshi boshlagandik. Yig‘inlarda ham faol qatnashdik, mavsumni yaxshi boshladik. Boshida 4:0 ga yutganimizda 60 foiz o‘yinimizni ko‘rsatdik, deb aytgandim. Bu yolg‘on emasdi. O‘shanda ham men hali o‘zim ko‘rishni istagan jamoani ko‘rmagandim. «Qizilqum»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat «nastroy»ning yo‘qligi sababli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Qo‘pol xatolar bo‘ldi. Keyin Farg‘onada «Neftchi»ga mag‘lub bo‘ldik. «Mash’al» bilan bahsda barchasini to‘g‘rilash imkoniyati bo‘ldi. FIFA kunlaridan keyingi o‘yinlarda afsuski, bizda ketma-ket uchta mag‘lubiyat bo‘ldi. Bir qancha sabablar tufayli imkoniyatlarni boy berdik. «Nasaf» bilan bahsni alohida ta’kidlash kerak. Ular ko‘p yillardan beri bir xil tarkibda o‘ynaydi va biz birgina qo‘pol xato evaziga yutqazdik. «Navbahor» bilan bellashuvda esa 90+4-daqiqada raqib murabbiyi durangni saqlab qolish uchun o‘yinchi almashtirdi. Afsuski, muvozanatni yo‘qotganimiz sababli gol o‘tkazdik va mag‘lub bo‘ldik. Bugungi mag‘lubiyat ham tushunarsiz bo‘ldi. Biz hujum tashkil qilyapmiz.

Qanday talablar qo‘yilgan bo‘lsa, klub barchasini bajardi. Bu yerga yaxshi niyatlar bilan, klub tarixini yaxshilash uchun kelgandim. «Andijon»ni chempionatda eng yaxshi natijasi 5-o‘rin bo‘lgan ekan va men buni yaxshilab, yuqoriga ko‘tarish maqsadida kelgandim. Futbolchilar ham bu yerga yuqori maqsadlarni ko‘zlab kelishgan. Jamoa uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

To‘g‘risi, erkakcha gapiraman: endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman. Klub boshqaruvini boshqasiga beraman. Biz bu o‘yindan avval rahbariyat bilan ochiq va samimiy  gaplashdik. Rosti, endi o‘z o‘rnimni boshqa insonga topshiraman. Yana aytaman: bu yerga natija qilish va barchani xursand qilish uchun kelgandim. Avval ham aytganman: menda ko‘p vaqt yo‘q edi va qisqa fursat ichida natija ko‘rsatishim kerak. Yillar davomida ishlab natija ko‘rsatishga menda vaqt yo‘q edi. Viloyat hokimi barcha sharoitlarni yaratib, natija uchun jonbozlik bilan harakat qilyapti. Klub yuqori natijalarni ko‘rsatishi uchun viloyat hokimi barcha ishni amalga oshiryapti. O‘zbek futboli rivojlanishi yo‘lida aynan viloyat hokimi ko‘p ishlarni qilyapti. Men ko‘rdimki, biz birgalikda bu ishlarni bajara olardik. Kechayu kunduz 24 soat ishladik va agar 25 soat bo‘lsa ham ishlashga tayyor edik. Afsuski, mehnatlarimiz o‘xshamadi. Har doim nimadir yetishmadi. Demak, nimanidir o‘zgartirish kerak.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 01:25, 13.04.2026.
O'qildi: 329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик