Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

PFL Davron Hoshimov masalasini qayta ko‘rib chiqdi

PFL Davron Hoshimov masalasini qayta ko‘rib chiqdi

Baho:
+ | -

PEPSI Superliganing 21-turidan keyin PFL “Navbahor” futbol klubini 10 million va yana uch nafar futbolchini 5 million so‘mdan jarimaga tortgandi.

Bugun — 14 avgust kuni jarima tortilgan futbolchilardan biri Davron Hoshimov PFLga tashrif buyurdi va bo‘lib o‘tgan ish yuzasidan tushuntirish berdi.

“Kechasi bilan uxlolmay chiqdim. Sizlarni ishontirib aytamanki, men sariq kartochkani “tozalanib olish” uchun olganim yo‘q. Ko‘pchilik yaxshi biladi, futbol o‘yini vaqtida hissiyotlarga tez berilaman. Uchrashuvdan keyin qilgan ishlarim uchun pushaymon bo‘lgan vaqtlarim ko‘p bo‘lgan. Ammo “Buxoro”ga qarshi o‘yinda sariq kartochkani qasddan tilab olganim yo‘q, men bunday ishlarga qo‘shilmayman va buni qoralayman”, — deydi Davron Hoshimov.

Davron Hoshimov PFL qarorlariga e’tiroz bildirmasligi haqida aytdi. Shunchaki, asl haqiqat qanday bo‘lganini ma’lum qilish uchun ham tashkilot ofisiga tashrif buyurganini tushuntirdi.

“Paxtakor”da qolishim ham mumkin edi. Biroq bunda ko‘p vaqtim zaxirada o‘tib ketishi katta ehtimol bo‘lib turgandi. Men esa maoshi kamroq bo‘lsa-da, “Navbahor”ni tanladim. Bunda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va shu yo‘l orqali milliy termaga qaytishim mumkinligi haqida o‘yladim. Mana shunday vaqtda qaysidir o‘yinni qo‘yib yuborishni xayolimga ham keltirmayman. Men oilada katta farzandman. Men qancha ko‘p o‘yinda maydonga tushsam, o‘zimga shuncha yaxshi”, — dedi futbolchi.

Himoyachi o‘zidan keyin ogohlantirish olgan futbolchilar masalasiga ham e’tibor qaratdi. Uchrashuvdan keyin yosh Oston O‘runovni koyigani, endi “gullayotgan” futbolchi bunday yo‘l tutishi to‘g‘ri emasligini tushuntirgani haqida so‘zlab berdi. Suhbat davomida Jahongir Mehmonov hamda Oston O‘runovning mug‘ombirlik yo‘li bilan sariq kartochka olganiga shubha qolmadi. Davron Hoshimov esa vaziyat aslida qanday bo‘lgani borasida tushuntirish berdi hamda PFL vaziyatni takroran o‘rganib chiqishini so‘radi.

“Men bunday ishlarga aralashmayman. Menga ko‘proq o‘ynaganim, yaxshiroq pul topib, oila tebratganim ma’qul. Hatto vaziyat mening foydamga hal qilinmasa ham roziman. Shunchaki, muxlislarda shubha bo‘lmasligi uchun ham shu yerdaman”, — deb aytib o‘tdi “Navbahor” himoyachisi.

PFL komissiyasi erta tongda PFLga yetib kelgan Davron Hoshimov ogohlantirilgan vaziyatni qayta ko‘rib chiqib, o‘z qaroriga tushdan keyin o‘zgartirish kiritdi. Unga ko‘ra, “Navbahor” futbol klubi o‘z gardanidagi 10 million so‘mni, shuningdek, Jahongir Mehmonov hamda Oston O‘runov 5 million so‘mni jarima sifatida to‘lab beradi. Mazkur ikki futbolchi 22-turdan tashqari 23-tur bellashuvlarini ham o‘tkazib yuboradi.

Davron Hoshimovga nisbatan chiqarilgan hukm esa o‘z kuchini yo‘qotadi. PFL qolgan futbolchilarni ham halol o‘ynashga, muxlislarni, futbolni va o‘zlarini aldamaslikka chorlab qoladi. 

Hoshimov 23-tur o‘yinida ishtirok etish huquqiga ega. “Navbahor” bu turni kimga qarshi o‘tkazishi esa 22-tur yakuniga yetgach tashlanadigan qur’a oydinlik kiritib beradi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:01, 14.08.2018.
O'qildi: 4207 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.