“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Sarri futbolchilarga jiddiy diyetaga rioya qilish shart emasligini ma’lum qildi. Bu qoidalarni Antonio Konte o‘ylab chiqargan.
Sarri aksincha futbolchilarga mashg‘ulot oldidan, bazada ekanliklarida ko‘proq maxsulotlar tanavul qilishga buyurdi.
Italiyalik mutuxassis futbolchilarga o‘yin oldidan uylarida yotishga ruhsat berdi. Endi futbolchilar o‘yin kuni jamoa ixtiyoriga qo‘shilishlari mumkin.