Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Andijonda “Viloyat hokimi Kubogi” musobaqasining tuman bosqich final o‘yini bo‘lib o‘tdi

Andijonda “Viloyat hokimi Kubogi” musobaqasining tuman bosqich final o‘yini bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Andijonda futbolni yanada ommaviylashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, asosiysi - qishloq yoshlari ichidan eng iqtidorli sportchilarni  tanlab olish maqsadida mavjud 878ta mahalla jamoalari o‘rtasida nufuzli musobaqa tashkil qilindi.

Musobaqada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mahalliy futbolchilardan tuzilgan jamoalar ishtirok etishmoqda. "Viloyat hokimi Kubogi" musobaqasining tuman bosqichidan o‘rin olgan bahslarda Paxtabod tumanidagi 67ta mahalla fuqarolaridan tuzilgan jamoalar 17 kun davomida bellashishdi. Yakunda finalga “Gulobod” va “Muazzimboy” jamoalari yetib kelishdi.

Tuman markazidagi o‘yingohda o‘tkazilgan bahs paxtaobodliklar uchun ommaviy sayl ko‘rinishida tashkil etilganiga alohida to‘xtalib o‘tish lozim.

Ko‘p sonli tomoshabinlar tashrif buyurgan uchrashuv muxlislar kutganidek juda qiziqarli o‘tdi. O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida “Gulobod” mahallasi futbolchilarining qo‘li balan keldi. Endi ular musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Jamoalar birinchi bosqichni o‘z sektorlarida o‘tkazib, ikkinchi bosqich tuman birinchiligiga yo‘l oladi. O‘z tumanida g‘olib bo‘lgan jamoalar viloyat bosqichida to‘p suradi.

Tuman miqyosida g‘olib  va sovrindor bo‘lgan mahalla futbolchilari va murabbiylariga  tuman hokimi Mahmudjon Bozorov, viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Bekzodbek Karimov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latovlar samimiy tilaklarini bildirib, tashkilotchilar nomidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirishdi.

“Musobaqa avvalida e’lon qilinganidek, viloyatda birinchi o‘rinni olgan jamoaning mahallasi hududiga zamonaviy mini-stadion qurib beriladi. Sovrindor jamoalarga esa katta summadagi sport jihozlari topshiriladi”, - deydi viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Bekzodbek  Karimov.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:02, 17.08.2018.
O'qildi: 2145 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик