Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Futbol bashorati»da Ispaniya va Italiya chempionatlari start olmoqda

«Futbol bashorati»da Ispaniya va Italiya chempionatlari start olmoqda

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasida bugun yangi mavsumga start berilsa, ertadan Italiya chempionatida muxlislar ilk o‘yinlarga guvoh bo‘lishadi. Saytimiz orqali o‘tkazib kelinayotgan "Futbol bashorati" tanlovining mazkur ikkita musobaqa bo‘yicha yangi mavsumini boshlaymiz. Barchani mazkur tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tanlov qoidalari
A) Saytda ro‘yxatdan o‘tgan muxlislar ishtirok eta oladi.

B) Saytdagi "Futbol bashorati" tanlovining LA LIGA-2018/2019 va SERIE A - 2018/2019 bo‘limlariga kirib, bitta turda keltirilgan o‘yinlar uchun o‘zingizning taxminiy natijalaringizni kiriting, so‘ngra "OK" tugmasini bosing. Turdagi o‘yinlarga variant kiritish bahs boshlanishiga 1 soat vaqt qolganida to‘xtatiladi.

S) Ispaniya va Italiya chempionatlarida jami 38ta tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Mazkur tanlov ham 38-turdan so‘ng o‘z yakuniga yetadi.

Hisoblash tartibi
A) Hisobni aniq topgan muxlisga 3 ball beriladi. Faqatgina g‘olib jamoani to‘g‘ri topgan muxlisga 1 ball berilsa, to‘plar farqini ham to‘g‘ri topgan ishqibozga 2 ball beriladi. Durang bilan yakunlangan o‘yinlarda siz ham durang natijani kiritgan bo‘lsangizu, hisob aniq bo‘lmasa ham 2 ball taqdim etiladi.

B) Natijalar va muxlislar reytingi bilan o‘sha sahifadagi "Reyting" bo‘limi orqali tanishib borasiz. Tanlov yakunida ochkolar teng kelib qolganda g‘olib nomi quyidagicha aniqlanadi:
— eng ko‘p topilgan aniq hisoblar soni;
— eng ko‘p topilgan to‘plar farqi;

Mukofot jamg‘armasi
Tanlov uchun mukofot jamg‘armasi ajratilgan bo‘lib, dastlabki 5ta o‘ringa quyidagicha mukofot beriladi:
1-o‘rin: 50 ming so‘m
2-o‘rin: 40 ming so‘m
3-o‘rin: 30 ming so‘m
4-o‘rin: 20 ming so‘m
5-o‘rin: 10 ming so‘m

Barchaga omad tilaymiz.

Futbol bashorati:
LA LIGA — 2018/2019
A SERIYA — 2018/2019

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:07, 17.08.2018.
O'qildi: 3542 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.