Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

APL. «Liverpul» safarda g‘alaba qozondi (videosharh)

APL. «Liverpul» safarda g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

«Liverpul» Angliya chempionatining 2-turida ham g‘alabaga erishdi. Klopp shogirdlari bu safar ancha ter to‘kishlariga to‘g‘ri keldi.

«Kristal Pelas» yaxshi himoyalanish bilan birgalikda raqib darvozasi oldida yetarlicha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Faqatgina birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasiga kelib mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Liverpul» ikkinchi bo‘limda hisobni mustahkamlashga harakat qilishdi, boisi bir to‘p farqidagi hisob ancha qaltis edi. «Kristal Pelas» bir necha marta muvozanatni tiklashga yaqin keldi, hattoki, ular bir kishi kam bo‘lib qolganlaridan keyin ham. Ammo "qizillar" posboni Alisson o‘z mahoratini ko‘rsatib, ikkinchi o‘yinda ham darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sadyo Mane ikkinchi golga mualliflik qildi va bahs taqdirini hal qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» 6 ochko jamg‘argan oltita jamoadan biri bo‘lib turibdi.

2-y tur
Kristal Pelas – Liverpul 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 45, penalti Milner, 0:2 – 90 Mane.
Kristal Pelas – Xennessi, Uan-Bissaka, Tomkins, Sako, van Anxolt, Taunsend (Uord, 79), Milivoyevich, Makartur, Shlupp (Mayer, 83), Benteke (Serlot, 70), Zaa.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson, Milner (Xenderson, 67), Veynaldum, Keyta (Lallana, 87), Salax, Firmino (Starrij, 90), Mane.
Ogohlantirishlar: van Anxolt (42), Aleksander-Arnold (52).
Chetlatish: Uan-Bissaka (75).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:43, 21.08.2018.
O'qildi: 7783 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик