Bugun hamyurtlarimiz Osiyo o‘yinlarining to‘rtinchi kuni doirasida bahslarga kirishishgan.
Qilichbozlik. Afsuski, hamyurtlarimiz 45:38 hisobida Yaponiya terma jamoasiga yutqazib qo‘yishdi.
Tennis. Jo‘rabek Karimov musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan hindistonlik Ramantan Ramkumarni 3:6, 6:4, 6:3 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Qoyil! Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi raketkasi sifatida o‘zbekistonlik Denis Istomin saralangan.
Taekvondo. Sardor Toirov endi yarim finalda eronlik Mirhashem Husayniga qarshi bahs yuritadi. Nikita Rafalovich esa afg‘onistonlik Ramesh Husaynini imtihondan o‘tkazadi.
Qilichbozlarimiz yarim final chiptasi uchun yaponiyalik raqiblarga qarshi bahs olib bormoqdalar.
O‘q otish. Qizlarimiz Kuznesova va Mamedova saralash bosqichida ishtirok etishdi. Afsuski, ular final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadilar.
Taekvondo. Ikki nafar hamyurtimiz ham chorak finalga yo‘l oldi. Sardor Toirov Shri-Lanka terma jamoasi a’zosini 22:6, Nikita Rafalovich esa mo‘g‘ulistonlik sportchini 24:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Barakalla yigitlar!
Taekvondo. Nikita Rafalovich 1/8 finalda mo‘g‘ulistonlik Temuyuin Purevyavga qarshi bahs o‘tkazsa, Sardor Toirov Shri-Lanka vakili Chalinda Liyangega qarshi dayanga chiqadi.
Akademik eshkak eshish bahslarida ishtirok etgan to‘rtligimiz marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Taekvondo. Sardor Toirov mo‘g‘ulistonlik Chun Soklonni 25:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Qilichbozlik. Hamyurtlarimiz Indoneziya jamoasini 45:35 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olishdi.
Suzish. 100 metrga bras usulida suzgan Yulduz Qo‘chqarova o‘z guruhida uchinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
Cuzish. Vladislav Mustafin 100 metrga bras usulida suzish bo‘yicha finalda ishtirok etadigan bo‘ldi.
Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmurzayev 7:50.21 natija bilan saralashda eng yaxshi natija ko‘rsatdi va finalga yo‘l oldi.
Tennis. Jo‘rabek Karimov hindistonlik Ramantan Ramkumarga qarshi o‘yinni boshladi.
Qilichbozlik. Sportchilarimiz jamoaviy bahslarda mezbonlarga qarshi kurash olib borishmoqda.
Suzish. Vladislav Mustafin 100 metrga bras usulida suzish bo‘yicha o‘z guruhida ikkinchi natijani qayd etdi. Uning finalga yo‘l olish-olmasligi birozdan so‘ng aniq bo‘ladi. 100 metrga batterflyay usulida suzgan Artyom Kozlyuk o‘z guruhida to‘rtinchi natijani qayd etdi va keyingi bosqichga o‘ta olmadi.
Unda bahslarga kirishadigan sportchilarimiz ro‘yxatini e’tiboringizga taqdim etamiz:
Suzish:
Artyom Kozlyuk (100m, batterflay, saralash va final)
Vladislav Mustafin (100m, bras, saralash va final)
Yulduz Qo‘chqarova (100m, bras, saralash va final)
Estafeta 4x100m
Qilichbozlik
(SHpaga, jamoaviy, saralash va final):
Roman Aleksandrov
Javohirbek Nurmatov
Fayzulla Alimov
Oleg Sokolov
Taekvondo:
-63kg: Sardor Toirov (saralash va final)
-80kg: Nikita Rafalovich (saralash va final)
Yunon-rum kurashi:
(saralash va final)
-87kg: Rustam Assakalov
-130kg: Mo‘min Abdullayev
-97kg: Jahongir Turdiyev
-77kg: Bislan Nalgiyev
Og‘ir atletika:
-69kg: Doston Yoqubov
Sport gimnastikasi:
(Bras, jamoaviy, final)
Anton Fokin
Abdulla Azimiov
Rasuljon Abdurahimov
Husniddin Abdusamatov
Akobir Hamroqulov
Velosport, guruh poygalari, 104km:
Rinata Baymetova
Slalomda eshkak eshish:
Alibek Temirgaliyev (yarim final, final)
Abubakir Bukanov (yarim final, final)
Akademik eshkak eshish:
Shaxboz Xolmurzayev (yakkalik, yarim final)
Sardor To‘lqinxo‘jayev, Alisher Turdiyev (juftlik, yarim final)
To‘rtlik:
O‘ktamjon Davronov
Farrux Astanov
Abdullo Muhammadiyev
Shahboz Abdujabborov
O‘q otish:
(50m, saralash va final)
Sakina Mamedova
Yelena Kuznesova
Tennis:
Denis Istomin
Jo‘rabek Karimov