Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ektor Kuper: «Olimpiya terma jamoasi? Albatta, kuzatyapman»

Ektor Kuper: «Olimpiya terma jamoasi? Albatta, kuzatyapman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligida Toshkentda yig‘inga kirishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘FA matbuot xizmati argentinalik mutaxassis bilan qisqa intervyu uyushtirib, bo‘lajak yig‘in va tarkibga jalb qilingan futbolchilar haqida suhbatlashdi.

-Janob Kuper, yig‘inga futbolchilarni jalb qilishda nimalarga asoslandingiz?

-Birinchi navbatda, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlarini ko‘rib chiqdim. Shuningdek, bu yil o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarining videoyozuvini ham yordamchilarim bilan tahlil qildik. Ana shu uchrashuvlarda qatnashgan futbolchilarni dastlabki yig‘inga taklif qilishga qaror qildik. Yig‘in davomida futbolchilar bilan yaxshiroq tanishib, ular haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Shundan kelib chiqib milliy terma jamoaning asosini shakllantirib boramiz.

- Demak, bu dastlabki yig‘inga chaqirilgan futbolchilar asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobatga kirishishlari kerak bo‘ladi, to‘g‘rimi?

-Ha albatta. Yig‘inga chaqirildi, deganda asosiy tarkibdan joy kafolatlandi, degani emas. Yig‘in davomida bizni qoniqtirmagan futbolchilarga javob berib yuboriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarini muntazam kuzatib borish orqali, milliy chempionatdan ham futbolchilar kelasi yig‘inlarga taklif qilinadi. Buning ustiga, Olimpiya terma jamoasida to‘p surayotgan futbolchilar bor. Ulardan ham milliy terma jamoaga bir qator futbolchilarni chaqiramiz.

-Olimpiya terma jamoasi haqida so‘z ochdingiz. Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarini kuzatib boryapsizmi?

- Albatta, kuzatib boryapman. Olimpiya terma jamoasi juda yaxshi shakllangan, kuchli futbolchilardan iborat. Bu jamoadan bir qator futbolchilarni ko‘z ostimga olib qo‘ydim. Ularni keyingi yig‘inlarga jalb qilamiz. Asosiysi, futbolchining yig‘in paytidagi jismoniy va funksional holatiga ko‘p narsa bog‘liq. Buning ustiga, termaga taklif qilingan futbolchi mening uslubimga mos kelishi kerak. Mana shu ikki jihat futbolchilarning milliy terma jamoada o‘ynab ketishida eng asosiy omil hisoblanadi.

-Milliy terma jamoamiz sentyabdra Suriya va Eron bilan, oktyabrda Qatar va Shimoliy Koreya bilan o‘ynaydi. Tanlangan raqiblar haqida fikr bildirib o‘tsangiz.

-Albatta, o‘rtoqlik o‘yinlari uchun tanlangan raqiblardan to‘la qoniqish hosil qildim. Hozir raqiblarni kuchli yoki kuchsizga ajratib o‘tiradigan payt emas. Muhimi, o‘z o‘yin uslubimizni yo‘lga qo‘yib, asosiy tarkibni shakllantirishimiz kerak.

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan, yaxshi sparring raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilayotgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman.  

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:10, 22.08.2018.
O'qildi: 7259 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.