Ispaniyaning “Leganes” klubi “Real” darvozaboni Andrey Lunin ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda. Ukrainalik darvozabon faoliyatini “Leganes” safida ijara asosida davom ettiradi. Lunin “Real”ning 4-raqamli darvozaboni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq darvozabon bilan “Valyadolid” qiziqayotgan edi. Lunin “Real” safiga ikki oy oldin kelib qo‘shilgandi.