Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Mashhur futbolchilar pachoqlangan qimmatbaho avtomobillar (fotogalereya)

Mashhur futbolchilar pachoqlangan qimmatbaho avtomobillar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasi hujumchisi Fyodor Smolov Krasnodarda yo‘l falokatini sodir etib, qimmatbaho avtosini abgor halatga keltirdi. Voqea guvohlari ko‘p o‘tmay, «tegishli» suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdi. Tez orada hodisa tasvirlangan videolavhalar ham paydo bo‘ldi.

Aniqlanishicha, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqarishi oqibatida «toychoq» qarama-qarshi yo‘lni ajratib turgan metall to‘siqqa urilgan. Gap M5 First Edition turkumiga mansub qimmatbaho BMW haqida ketmoqda. Ayrim OAV xabariga ko‘ra, u 28 yoshli Smolovning mahbubasini nomiga ramiylashtirilgan.

Bu rusum cheklangan seriyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, umumiy soni atigi 400 dona, xolos. Ulardan 20tasi Rossiyaga keltirilgan va barchasi darhol sotilgan. Vaholanki, narxi ancha baland - 9 million rubl.

To‘g‘ri, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, boshqaruv rulida Smolovning o‘zi bo‘lmagan. Lekin muhimi, yo‘l harakati hodisasi natijasida hech kim jabrlanmadi, faqat BMWga jiddiy talofat yetdi... «SE» nashri shu bahona mashhur futbolchilar ishtirokidagi ayrim «avariya»larni esga oldi.

Maks MAYER. 20 yoshli xavbek AQSHdagi ta’til chog‘i bahosi 600 ming yevroga teng Lamborghinida sayrga chiqib, boshqaruvni uddalolmay, to‘siqqa urildi. Avto ta’miri 400 ming yevroga tushdi, to‘g‘ri, xarajatni sug‘urta tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

Futbolchi esa atigi 28 yevro miqdorida jarima to‘ladi, shuningdek, soliq to‘loviga 2000 yevro berdi. Mayer bundan siqilmadi, aksincha, hech kim jabr ko‘rmaganidan xursandligini ta’kidladi.

Artyom MILEVSKIY. Kiyev «Dinamo»sida o‘ynagan futbolchi 2011 yili Maseratini dabdala qildi, keyin (2013 yili) Ferrari sport avtosining old qismi pachoqlandi (Turkiyaga olib o‘tish uchun yuklash chog‘ida).

Shunda Artyom 220 ming yevro sarflab, uni tezda tikladi, ammo uzoq vaqtga emas. Xullas, Milevskiy sevimli «toychoq»chasini alkogol ta’sirida boshqarib, tuzatilmas darajada pachoqladi...

Krishtianu RONALDU. Portugaliyalik superyulduz «MYU»da o‘ynagan vaqti 300 ming dollarga sotib olgan Ferrarisini «buzdi». Standart vaziyat: Krishtianu boshqaruvni qo‘ldan chiqargan va mashina yo‘l chetidagi metall devorga urilgan.

Yaxshiyamki, futbolchining o‘ziga hech narsa bo‘lgani yo‘q. «Avariya»ga bog‘liq bitta fakt shuki, sport mashinasi shinalaridan biri naq 70 metr masofaga «uchib» ketgandi.

Andrey SHEVCHENKO. «Milan»ning sobiq hujumchisi 2009 yilning dekabrida 200 ming dollar turadigan Porsche Panamera Turboda falokat sodir etdi. Bunda ayb ko‘ngilsizlikning ikkinchi ishtirokchisi - 24 yoshli hamshiraga qo‘yildi.

Chunonchi, u Honda avtomobilida asosiy yo‘l qoidasiga amal qilmagandi. Har ikki avtomobilga talofat yetgan bo‘lsada, haydovchilar  jarohatlanishmadi. E’tiborlisi, Shevchenko o‘zini mutlaqo xotirjam tutdi. Mashinani esa sug‘urta mablag‘i hisobiga ta’mirdan chiqardi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:39, 26.08.2018.
O'qildi: 11745 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик