O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da bo‘ladigan so‘rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator jamoalar barqarorlik namoyish etishdi. Jumladan, mavsumni ancha omadsiz boshlagan “Neftchi” so‘nggi turlarga kelib ancha mazmunli o‘yinlar ko‘rsatdi. Bunda jamoa ustozi Bahrom Xaydarovning xissasi ulkan ekanini qayd etish joiz. Shuningdek, Andrey Shipilov boshchiligidagi “Metallurg” hamda Baxtiyor Ashurmatov qo‘l ostidagi AGMK jamoalari ham avgust oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdi. Nomzodlar qatoridan Andrey Fyodorov hamda Shota Arveladze ham o‘rin egallashdi.
Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar:
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
Bahrom Xaydarov |
Neftchi |
2 g‘alaba, 1 durang |
Andrey Shipilov |
Metallurg |
2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat |
Baxtiyor Ashurmatov |
AGMK |
2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat |
Andrey Fyodorov |
Lokomotiv |
1 g‘alaba, 2 durang |
Shota Arveladze |
Paxtakor |
1 g‘alaba, 2 durang |
Avgust oyining eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun ovoz bering