"Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes transfer oynasi yopilguniga qadar "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin. London klubi argentinalik futbolchining ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rib, uning o‘rniga to‘rt nafar nomzoddan iborat ro‘yxat tuzdi.
talkSPORT ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Siti" Fernandes uchun taklif yuborish imkoniyatini hamon ko‘rib chiqmoqda. "Chelsi" avvalroq 25 yoshli futbolchi uchun 120 million funt talab qilgan va transfer bo‘yicha belgilangan muddat o‘tib ketganiga qaramay, muzokaralar qayta boshlanishi mumkin.
Agar Fernandes sotilsa, "Chelsi" uning o‘rniga "Bornmut"dan Aleks Skott, "Kristal Pelas"dan Adam Uorton, "Roma"dan Manu Kone yoki "Real"dan Eduardu Kamavingani olib kelishni ko‘rib chiqadi.
Manbaga ko‘ra, "Chelsi" ayniqsa Aleks Skott va Adam Uortonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq ularning klublari futbolchilarni sotishga shoshilmayapti. "Bornmut" Skott uchun "Chelsi"ning 64 million funtlik taklifini rad etgan.













