Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Osiyo O‘yinlari-2018. Karate. Bugun medal qo‘lga kiritamiz

Osiyo O‘yinlari-2018. Karate. Bugun medal qo‘lga kiritamiz

Baho:
+-1 | -

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo O‘yinlarining karate musobaqasining bugungi bahslari yakuniga yetib bormoqda.

Tonggi bellashuvlar vakillarimiz uchun omadsiz kechdi. 68 kg.gacha bo‘lgan vaznda qatnashayotgan Dildor Annadurdiyeva qozog‘istonlik Guzaliya G‘afurovaga yutqazib qo‘ydi — 0:3. Qozoq karatechisi finalga chiqqani bois, Dildor bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo o‘tish jangida u eronlik Pegah Zangenahkarkutiga yutqazdi (0:3).

Erkaklarning 75 kg. vaznida Dostonbek Otabolayev 1/16 finaldayoq BAAlik Al-Najjarga imkoniyatni boy berdi.

Kunduzgi bahslar esa biz uchun omadli kechdi. 84 kg. vaznda Shahboz Ahatov 1/8 finalda qirg‘izistonlik Gianjali Abbosovni 8:1, chorak finalda hindistonlik Vishalni 8:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Final yo‘llanmasi uchun jangda hamyurtimiz yaponiyalik Araga Ryutaroga 2:3 hisobida yutqazdi. Shahboz bronza medali uchun taypeylik Vu Chen Veyga qarshi dayanga chiqadi.

Ayollar o‘rtasida 50 kg. vaznda qatnashayotgan Baxriniso Boboyeva finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. U dastlab filippinlik Junna Tsukini 2:1, chorak finalda BAAlik Havra al-Ajmiyni 5:1, yarim finalda tailandlik Raksachart Pavinani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Baxriniso chempionlik uchun Xitoy Taypeyi vakili Gu Shiaushuangga qarshi dayanga chiqadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:15, 27.08.2018.
O'qildi: 7247 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик