Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Osiyo o‘yinlari. O‘ninchi kunda 7 ta medal, ularning 3 tasi oltin!

Osiyo o‘yinlari. O‘ninchi kunda 7 ta medal, ularning 3 tasi oltin!

Baho:
+ | -

Bugun, 28 avgust kuni Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining o‘ninchi kun hisoblanadi. Bugun o‘zbek sportchilari jami bo‘lib 7 ta medallarni sport delegasiyasi hisobiga qo‘shib qo‘ydilar. 

Jumladan, badiiy gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva yakkalik bahslarida 65,850 natija bilan kumush medal sohibasiga aylandi. Yana bir badiiy gimnastikachi Nurinisso Usmonova esa to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi. 

Kurash sport turi bo‘yicha esa sportchilarimiz juda ham ijobiy natija qayd etdilar. 

Ya’ni Ma’ruf G‘aybulloyev finalda yana bir o‘zbek polvoni Ruslan Bo‘riyevni mag‘lub etdi va Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ruslan Bo‘riyev kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi. 

+90kg vazn toifasida Muhsin Hisomiddinov eronlik Jafar Pahlavonijagharga qarshi jangda g‘alaba qozondi va oltin medalga ega chiqdi. 

Shuningdek, yarim finalda mag‘lub bo‘lgan sportchilarimiz Nurbek To‘rayev va Oysuluv Abdumajidova bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. 

Gulnor Sulaymonova final bahsidada hindistonlik Pinski Balharani mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari g‘olibasiga aylandi va oltin medalni qabul qilib oldi. 

Bundan tashqari, bugun ringga ko‘tarilgan uch nafar o‘zbek bokschilari – Jasurbek Latipov, Shunqor Abdurasulov hamda Bobousmon Boturovlar raqiblari ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, musobaqa yarim finaliga yo‘llanma olishdi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobidagi medallar soni jami bo‘lib 38 taga yetdi. Ularning 9 tasi oltin, 15 tasi kumush va 14 tasi bronza hisoblanadi. O‘zbekiston sport delegasiyasi umumjamoa hisobida kechagi ro‘yxatdan ikki o‘rin yuqoriga ko‘tarilib, 9-o‘rinni egalladi. 

Ro‘yxatning kuchli uchligini hali-hamon Xitoy (206), Yaponiya (142), Janubiy Koreya sport delegasiyalari band etgan.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 21:00, 28.08.2018.
O'qildi: 7492 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик