Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

APL klublarining 10ta aqlga sig‘mas transferi (fotogalereya)

APL klublarining 10ta aqlga sig‘mas transferi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Angliyaning boy jamoalari ko‘pincha futbolchilar transferiga ularning bozor narxiga nisbatan bir necha baravar ko‘p mablag‘ sarflaydi.

Umuman, oxirgi yillarda shundan tasavvur ham paydo bo‘ldiki, APL vakillari duch kelgan o‘yinchini sotib olishni xohlashadi, u ozgina jasorat ko‘rsatsa, bas... Eng asosiysi, inglizlar o‘zlariga yoqqan futbolchi transferiga yaxshigina haq to‘lashadi.

Nega shunday? Hammasi oddiy: APL ishtirokchilari katta xarajat qilishga qodir. Axir Angliya ligasi 3 yillik teletranslyasiyalar huquqini rekord summa - 7,8 mlrd. dollarga sotgan. Bu bitta mavsum uchun 2,6 milliarddan to‘g‘ri keladi.

Shu katta tushumning salmoqli qismi mavsum yakunidagi natijalarga qarab, klublar o‘rtasida taqsimlanadi - mukofot puli tariqasida. Taqqoslash uchun aytsak, APL autsayderlari ham deylik, Rossiya chempioniga nisbatan ancha ko‘p pul olishadi.

Kuchli jamoalarning mavsum davomidagi ulushi esa 100 milliondan ham oshadi. Angliyalik TVchilar ham shuncha pulni bekorga berib qo‘yadigan ahmoq emaslar, ular klublarning qo‘shimcha daromadi kimdingdir cho‘ntagiga kirib ketmasligi, aksincha, asosan tarkibni kuchaytirish uchun yo‘naltirilishini yaxshi tushunishadi.

Shu munosabat o‘laroq, APLning jozibasi yildan-yilga oshib boraveradi, bundan esa TV-kompaniyalar ham manfaatdor. Qisqasi, Angliya chempionati har yili shu millionlar evaziga sotib olingan sayyoramizning eng sara  futbolchilari hisobiga  boyiydi.

Zero, APL o‘yinlari qanchalik qiziqarli tus olsa, butun dunyoda uning tomoshasi uchun shuncha ko‘p pul sarflashadi. Qarabsizki, TVchilar kiritilgan sarmoyani shu asnoda qoplab, binoyidek foyda ham ko‘rishadi. Bordiyu, qaysidir futbolchi Angliyaga yo‘l olmasa, bilingki, klublarda unga ehtiyoj yo‘q.

Kimdir boshqacha o‘ylashi va misol tariqasida «Chelsi»ning rossiyalik Aleksandr Golovin uchun kurashda «Monako»ga yutqazganini aytishi mumkin. Biroq fakt shuki, «aristokratlar» darvozabonga ehtiyoj sezishgani hamono Kepa Arrisabalaga transferiga 80 mln. yevro ajratishdi - bunda hattoki, ortiqcha savdolashishmadi.

Angliyaliklar doimo shunday yo‘l tutishadi - katta summa taklif qilishadi va narx muhokamasiga hojat qolmaydi. To‘g‘ri, ular ba’zan reallikdan shu qadar uzoqlashib ketishadiki, o‘rtamiyona saviyaga ega futbolchiga ham misli ko‘rilmagan darajada ko‘p to‘lashlari hech gap emas.

«SSF» nashri jurnalistlari Angliya klublarining joriy yozgi transferlariga qarab, aynan aqlga sig‘maydigan kelishuvlarni ajratib chiqishdi. Marhamat, top-10 shaklida tuzilgan ro‘yxatga qarab, o‘zingiz baho bering. Zero, klublar bu futbolchilarni bozor narxidan bir necha baravar qimmatiga sotib olgan.

10. Devid BRUKS

Xaridor: «Bornmut»

Summa: 11,3 mln. yevro

Kamtarin «Bornmut» bu yil mavsum arafasida tarkibini imkon qadar kuchaytirishga harakat qildi. Maqsad - finishda sayyoramizdagi eng qimmatbaho ligadan chiqib ketmaslik. Yangi futbolchilardan biri - uelslik 21 yoshli yarim himoyachi Devid Bruks transferiga 11,3 mln. yevro to‘landi.

Vaholanki, transfermarkt.de sayti ma’lumotlariga tayanib aytsak, uning bozor narxi 5 mln. yevroni tashkil etadi. Demakki, «Bornmut» bu futbolchiga asl qiymatidan 2,26 baravar ko‘p to‘lagan. Eng qizig‘i, Bruks bunga qadar APLda o‘ynagan emasdi, uning rasmiy o‘yinlardagi umumiy statistikasi ham haminqadar: atigi 4ta gol va 9ta samarali uzatma.

9. Lyuis GRABBAN

Xaridor: «Nottingem Forest»

Summa: 6,8 mln. yevro

Yo‘q, yamaykalik 30 yoshli hujumchi APL ishtirokchisi safiga qo‘shilmadi, aksincha, «Bornmut»dan Chempionshipda o‘ynovchi «Nottingem Forest»ga yo‘l oldi. Faxriy futbolchining bozor narxi chamasi 3 mln. yevroga teng bo‘lsada, xaridor uning uchun 6,8 «limon» berishga rozi bo‘ldi - asl bahosidan 2,27 baravar ko‘p.

Darvoqe, Grabban butun faoliyati davomida Premyer-liga darajasida atigi 24ta o‘yin o‘tkazgan va ularda 1ta gol urib, yana biriga assistentlik qilgan, xolos.

8. Jeyms MEDDISON

Xaridor: «Lester»

Summa: 25 mln. yevro

21 yoshli markaziy himoyachi «Norvich»dan «Lester»ga o‘tdi. Uning transferi aslida 10 mln. yevroga baholanayotgan edi, ammo Riyod Mahrez uchun «Manchester Siti»dan juda ko‘p pul olgan «tulkilar»  rahbariyati quturib ketdi, chog‘i, savdolashishni ortiqcha bilib, Meddison transferiga uning asl bahosidan 2,5 marotaba ko‘p (25 mln. yevro) berdi.

Inglizlarning yuqori saviyada o‘ynamagan futbolchi uchun 11,3 mln. yevro to‘lashganidan hayratlangan bo‘lsangiz, endi «shok» holatiga tushishingiz aniq - Meddison ham bunga qadar APL darajasida biror marta maydonga tushgan emasdi.

7. Sem JONSTON

Xaridor: «Vest Bromvich»

Summa: 7,35 mln. yevro

«MYU» nihoyat, klub tarbiyalanuvchisi, golkiper Sem Jonston bilan batamom xayrlashishga qaror qildi. E’tibor bering, «qizil iblislar» uni ijara kelishuvlari asosida naq 10 marta malaka oshirish safariga jo‘natishgandi.

Qisqasi, Sem 7ta jamoa ixtiyoriga borgan bo‘lsada, APLda biror marta maydonga tushmagandi. Shunga yarasha uning transferi chamasi 2,5 mln. yevroga baholangan edi, ammo himmatli «Vest Bromvich» «g‘o‘r» kiperni 7,35 mln. yevroga sotib oldi (2,94 baravar qimmatiga).

6. Matteo GENDUZI

Xaridor: «Arsenal»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:37, 31.08.2018.
O'qildi: 12149 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.