Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Superliga. «Neftchi» Olmaliqda ochko yo‘qotdi, OKMK darvozaboni qahramonlik ko‘rsatdi

Superliga. «Neftchi» Olmaliqda ochko yo‘qotdi, OKMK darvozaboni qahramonlik ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

Superliganing 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Olmaliqning OKMK jamoasi Farg‘onaning «Neftchi» klubini qabul qildi.

Bellashuv kutilganidek shiddatli boshlandi. Mezbonlar o‘yinning ilk daqiqalaridanoq faol harakat qildi va bir qator xavfli hujumlar uyushtirdi. Xususan, 18-daqiqada Aziz Xolmurodovning faolligi ortidan yaratilgan vaziyatda Nodirbek Abdurazzoqov va Urosh Koyich bosh bilan zarba berdi, ammo «Neftchi» posboni Botirali Ergashev jamoasini goldan saqlab qoldi.

Mehmonlar ham javobsiz qolmadi. Birinchi bo‘lim davomida bir necha xavfli vaziyatlar yuzaga keldi, ammo hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin yanada ochiq tus oldi. Har ikki jamoa gol urish uchun imkoniyatlar yaratdi. «Neftchi» hujumlarida Abrór Ismoilovning xavfli zarbasini OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov mahorat bilan qaytardi.

Uchrashuvning eng faol o‘yinchilaridan biri aynan Ilyosov bo‘ldi. U bir nechta murakkab vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi, jumladan, ikkinchi bo‘lim oxiridagi dabl-seyv muxlislar e’tiborini tortdi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa, "Neftchi" yomg‘ir ostida kechgan Olmaliqdagi o‘yinda ikki ochko yo‘qotdi va o‘z ochkolarini 28 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. "Paxtakor" bugun "Surxon"ni mag‘lub etsa, farg‘onaliklar bilan tenglashib oladi. OKMK esa 16 ochko 6-pog‘onani egallab turibdi.

Superliga, 11-tur
3 may, yakshanba
OKMK — «Neftchi» 0:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:57, 03.05.2026.
O'qildi: 1822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик