«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe uzoq muddatga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. U Fransiya chempionatining 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Nim»ga qarshi o‘yinda (4:2) maydondan chetlatilgandi.
Fransiyalik futbolchi qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘ziga nisbatan fol ishlatgan raqib yarim himoyachisi Teji Savanyeni itarib yubordi. Mazkur tajavuzkor xatti-harakat uchun 19 yoshli futbolchi 5ta o‘yinga chetlatilishi mumkin.