«Real» yozgi transfer rejalarini belgilab oldi. Jurnalist Migel Serranoning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi yangi futbolchilarni sotib olish uchun 300 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda.
Jamoa erkin agentga aylangan Ibraima Konate, «Inter»dan Denzel Dyumfris, «Bavariya»dan Maykl Olise, shuningdek, ehtimoliy ravishda yana bir yoki ikkita yangi yarim himoyachi va chap qanot himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Tarkibni bunday keng ko‘lamda yangilashni moliyalashtirish uchun «qaymoqranglilar» taxminan 200 million yevrolik futbolchilarni sotib yuborishni ham ko‘zlashmoqda. Bunda Federiko Valverde, Eduardo Kamavinga, Gonsalo Garsiya, Fran Garsiya va Dani Sebalyos kabi futbolchilar jamoani tark etishi mumkin.













