Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligidagi ilk o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
Vakillarimiz Suriya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv "Milliy" stadionda soat 20:00da boshlanadi. O‘zbekiston - Suriya o‘rtoqlik o‘yini uchun chiqarilgan chiptalarni stadion kassalaridan xarid qilish mumkin.
Mazkur o‘yinin turkmanistonlik hakamlar boshqarib borishadi.
O‘rtoqlik o‘yini
6 sentyabr, Toshkent. 20:00
O‘zbekiston – Suriya
Hakamlar: Chorimurod Qurbonov, Polvon Polvonov, Axmat Beknazarov (barchasi Turkmanistondan).