Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz ilk o‘yinda durrang o‘ynadi

Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz ilk o‘yinda durrang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Bugun, 6 sentyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi “Milliy” stadionda Suriya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Ta’kidlash joiz, bu o‘yin argentinalik mutaxassis Ektor Kuperning O‘zbekiston termasiga kelganidan so‘ng murabbiylikdagi debyut o‘yini edi.

Uchrashuv kutilganidek O‘zbekiston MTJ futbolchilarining hujumlari bilan boshlandi, ammo birinchi bo‘limda yaratilgan vaziyatlar golga aylanmadi. Muxlislar terma jamoada murabbiy almashgach ham, hanuz MTJ futbolchilarida o‘zgarish kuzatilmaganini ta’kidladilar.

Chunki birinchi 45 daqiqalikda kamida 2 ta golga tortadigan vaziyat bo‘lgan edi, lekin ba’zida raqib darvozabonining mahorati, ba’zan esa futbolchilarimizning mahoratsizligi sabab birinchi bo‘limda hisob ochilmasdan qoldi.

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov o‘zining 100-yubiley o‘yinida maydonga tushdi. Unga O‘zbekiston futbol assosiasiyasining maxsus sovg‘asi topshirildi.

Ikkinchi bo‘lim: 62-daqiqada Marat Bikmayev yuzaga kelgan penaltini golga aylantirib, o‘yinda hisobni ochishga erishgan edi, biroq o‘zbekistonlik futbolchilarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 78-daqiqada Omar al-Soma Nesterov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin durang hisob bilan yakuniga yetdi.

Shu tariqa, “Milliy” stadionga Ektor Kuper qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasining g‘alabasini ko‘rgani kelgan 17800 nafar muxlis chiroyli va kurashga boy o‘yinni tomosha qilish bilan cheklandilar xolos.

O‘zbekiston - Suriya 1:1

Gol: Marat Bikmayev (64 penalti) – Omar al-Soma (78).

O‘zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 31.Egor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev, 8.Javlon Ibrohimov (18.Sardor Sobirxo‘jayev, 46), 16.Otabek Shukurov, 27.Sardor Rashidov (14.Eldor Shomurodov, 76), 10.Marat Bikmayev (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 68), 6.Husniddin G‘ofurov (26.San’at Shixov, 68), 28.Ivan Nagayev (15.Sardor Mirzayev, 55)

Suriya: 1.Ibrohim Alma, 3.Nodim Sabog‘, 15.Abdul Malik Alanizan, 4.Jihod Al Baour, 5.Omro Al Midani, 8.Mahmud Al Mavas, 9.Omar Al Soma, 11.Osama Omari (7.Aias Osman, 83), 14.Tamir Xoj Muhammad, 10.Muhammad Usmon, 21.Fahad Yusuf

Ogohlantirishlar: Tamir Xoj Muhammad 30.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:28, 06.09.2018.
O'qildi: 7151 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик