Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekistonda konkur bo‘yicha «FEI World Jumping Challenge» musobaqasi o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda konkur bo‘yicha «FEI World Jumping Challenge» musobaqasi o‘tkazilmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston ilk marotaba ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi finali «FEI World Jumping Challenge» musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Qoidaga ko‘ra ushbu «Chaqiriq kubogi» Xalqaro ot sporti federasiyasi tomonidan tanlab olingan jahonning turli «sport mintaqalari»dagi eng kuchli chavandozlar ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa finalida yil davomida o‘z ligalarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olgan sportchilar qatnashadilar. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, finalda 10 ta mintaqadan eng yaxshi 20 nafar sportchi ishtirok etadi.

Bu yil bahslarda 17 mamlakat vakillari o‘z omadini sinab ko‘rmoqda. Ular ichida o‘zbekistonlik ikki nafar chavandoz ham bor:

Saidamir Turg‘unboyev – 2017 yili Gonkongda o‘tkazilgan Osiyo chempionatining kumush medali sohibi.

Abdushukur Sobirjonov – shu yil oktyabr oyida Argentinada bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan sportchimiz.

Bugun musobaqalarning dastlabki kuni bo‘lib o‘tmoqda. Chavandozlar konkurda 115 va 120 sm balandlikdagi bahslarda ishtirok etishmoqda. Ushbu bahslarda «FEI World Jumping Challenge» finalchilari nomi aniq bo‘ladi. Dastlabki saralash konkuridan so‘ng hamyurtimiz, «BABOS» ot sporti klubi a’zosi Saidamir Turg‘unboyev o‘zining «Ambassador» laqabli otida, xech qanday jarima ochkolarisiz yetakchilik qilmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:23, 08.09.2018.
O'qildi: 2415 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.