Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi – Islom Isoqjonov

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi – Islom Isoqjonov

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so‘rovnomada Pepsi Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilindi. 

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator futbolchilar mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Jamoalar murabbiylari, sardorlari va muxlislar o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, “Metallurg” jamoasi a’zosi Islom Isoqjonov avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘tgan oyda 3 o‘yinda maydonga tushib, 4 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan Isoqjonov so‘rovnomada eng ko‘p ochko jamg‘arishga erishdi. Mahoratli futbolchini 7 nafar murabbiy va sardor 1-o‘ringa, yana 13 nafari esa 2-o‘ringa joylashtirdi. Qolaversa, PFL rasmiy saytida o‘tgan muxlislar so‘rovnomasida ham aynan bekobodliklar yetakchisi eng ko‘p ovoz to‘pladi.

Ikkinchi pog‘ona esa 2 ta gol va 2 assistga mualliflik qilgan AGMK jamoasi yarim himoyachisi Jasur Hasanovga nasib etdi. Uchinchi o‘rindan esa “Paxtakor” hujumchisi Ismoil Gonsalvesh (3 o‘yin, 3 gol) o‘rin egalladi.  

Qaysi murabbiy va sardorlar kimga ovoz bergani esa birozdan so‘ng PFL saytida e’lon qilinadi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:08, 09.09.2018.
O'qildi: 1780 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.