Chexiya bosh murabbiyi Karel Yarolim o‘z lavozimini tark etadi.
Tomonlar shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishib olishdi.
Yarolim qo‘l ostida Chexiya ohirgi marta Rossiyadan 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan so‘ng mutaxassis iste’fo haqida savollarga javob berishdan bosh tortgan.
Karel Yarolim Chexiyani 2016 yildan beri boshqarib kelayotgandi. Uning boshchiligida Chexiya jahon chempionatining saralash bosqichidan o‘tolmadi.