Italiyaning “Lasio” klubi himoyachisi Adam Marushich jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Futbolchi Italiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan “Empoli”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda. Marushich terma jamoa safida jarohat olgandi.
Shuningdek, “Lasio”ning ikki futbolchisi Valon Berisha va Luis Felipe Ramos hali umumiy mashg‘ulotlarga qaytmadi.