Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Sensasiya» manbai yoxud milliy kubok turnirlarining eng «g‘alati» finallari

«Sensasiya» manbai yoxud milliy kubok turnirlarining eng «g‘alati» finallari

Baho:
+ | -

Germaniya kubogining amaldagi sohibi - «Ayntraxt» navbatdagi turnirning ilk raundidayoq kurashdan chetga chiqdi.

Qarang, billur sovrinni «Bavariya»ni «sensasion» tarzda yengish asnosida qo‘lga kiritgan Frankfurt jamoasi ko‘pchilikka notanish «Ulm» qarshiligini yengolmadi. Umuman olganda, Yevropadagi milliy kubok turnirlari doimo shov-shuvli natijalar taqdim etishi bilan ham qiziq.

Misol uchun, Rossiya kubogi-2017|2018 finalida «Tosno» va «Avangard» klublari o‘ynashini hech kim kutmagan bo‘lsa kerak. Yaqin tarixga nazar solsak, bu kabi «g‘alati» finallar yetarlicha ko‘zga tashlanadi.

Germaniya kubogi - 2003|2004: «Verder» - «Alemaniya» (ikkinchi divizion) - 3:2. «Verder» - chempion, «Alemaniya» - UYEFA kubogi saralashi «pley-off» bosqichida! Bu gap hozir quloqqa juda g‘alati eshitiladi, to‘g‘rimi? Lekin fakt  o‘zgarmaydi: vaqtida (uzoq tarixda ham emas) real voqea shunday bo‘lgandi.

Bugun esa Axen jamoasi Germaniya hududiy ligasida «izg‘imoqda». Aytish o‘rinli, «Alemaniya» o‘sha finaldan 10 yilcha oldin ham mamlakat futbolida chakki o‘rin tutmasdi. Mavsum-2003|2004ga kelsak, u jamoa uchun chinakam yuksalish davriga aylanishi kerak edi. Biroq axenliklarga har ikki yo‘nalishda atigi bir qadam yetishmaydi.

Aniqroq aytsak, jamoaning ikkinchi Bundesligadan yuqoriga sakrashiga 1tagina ochko kamlik qiladi, billur sovrin uchun kurashni yana 30 daqiqa uzaytirish uchun esa 1tagina gol... Lekin yevrokubok yo‘llanmasi «Alemaniya»ning katta hajmdagi mehnati va jasorati uchun munosib mukofot bo‘ladi - ham moddiy, ham ma’naviy tomondan.

Chunonchi, «Verder» o‘sha mavsum «oltin dubl»ga erishgani uchun kubok turniri uchun ajratilgan yevrochipta finalchiga nasib etadi. Diqqatga sazovor tomoni, «kartoshka qo‘ng‘izlari» xalqaro maydonda ham katta shov-shuv ko‘tarishgandi.

Deylik, guruh bosqichida «Zenit»dek raqibni ortda qoldirishadi. Xullas, ular UYEFA kubogidagi ishtirokdan ma’naviy ozuqa olishdan tashqari, binoyidek mukofot puliga ega chiqishgan.

Angliya kubogi - 2007|2008. «Portsmut» - «Kardiff Siti» (ikkinchi divizion) - 1:0. Angliya kubogi rasman sayyoramizdagi eng qadimiy futbol turniri sanaladi. An’analar nuqtai nazaridan esa, bu eng konservativ musobaqadir. Misol uchun, hal qiluvchi o‘yin faqat «Uembli»da o‘tkaziladi. Lekin turnir qahramonlari ro‘yxatining an’analarga uncha daxli yo‘q.

Xususan, Xarri Rednapp tomonidan tuzilgan «Portsmut» ham g‘oliblar qatoriga qo‘shilgan. E’tiborlisi, portsmutliklar «kuchli to‘rtlik»ning uzoq davom etgan «gegemoniya»siga barham berishgandi. Lekin o‘sha mavsumning bosh «sensasiya»chisi sifatida finalchi - «Kardiff Siti» e’tirof etiladi.

Birinchidan, u APL ishtirokchisi emasdi, ikkinchidan, Angliya tashqarisidan edi! Xullas, Chempionshipda 12-o‘rinni egallagan Uels vakilidan hech kim bunday «surbet»lik kutmagandi. «Kardiff Siti» mo‘’jazgina Chestaunda atigi 2420 muxlis ko‘z o‘ngida start olib, Londonda haqiqiy «anshlag» kuzatilgan o‘yinda finish marrasini bosib o‘tadi.

Qiziq, lekin fakt: aynan «Portsmut» - «Kardiff» finalida kubok turnirining yangi «Uembli»dagi tarixida muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord natija qayd etilgandi - o‘yinni 89874 kishi bevosita kuzatib borgan. Faqat shunisi borki, bu muxlislar ehtiroslarni junbushga keltiradigan futbol tomoshasiga guvoh bo‘lishmagan.

Chunki ikki jamoa ham o‘ta ehtiyotkor va yopiq o‘yin uslubiga tayangandi. Hammasini esa «Kardiff»ning finlyandiyalik kiperi Peter Enkelman xatosi hal qilgan. U vaziyatlardan birida to‘pni shunchaki, Nvankvo Kanu oyoqlari ostiga tashlab bergandi...

Darvoqe, oradan 2 yil o‘tib, «Portsmut» yana finalga yo‘l oldi, ammo bu safar «zaif» tomon sifatida o‘ynab, «Chelsi»ga aynan 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ispaniya kubogi-2002|2003

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:50, 12.09.2018.
O'qildi: 3877 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.