Moskvaning “Spartak” klubi yarim himoyachisi Denis Glushakov umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Futbolchi RPL 7-turidan o‘rin olgan “Axmat”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Glushakov bungacha yakka tartibda shug‘ulanayotgandi.