Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Flik «Barselona» akademiyasidan yangi yulduzni topdi

Flik «Barselona» akademiyasidan yangi yulduzni topdi

Baho:
+2 | -

Markaziy himoyachi Alvaro Kortes yangi mavsumdan boshlab «Barselona»ning asosiy jamoasida to‘p suradi.

«Ko‘k-anorranglilar» dubli sardori bosh murabbiy Xans-Diter Flikda katta taassurot qoldirdi. Jurnalist Jaume Mersening xabar berishicha, 21 yoshli futbolchiga tez orada asosiy tarkibga o‘tkazilishi haqida allaqachon ma’lum qilingan. Agar yozda kutilmagan holatlar yuz bermasa, yosh ispaniyalik futbolchi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Alvaro Kortes joriy mavsumda «Barselona B» safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Chap oyoqda harakat qiluvchi markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:21, 30.04.2026.
O'qildi: 7299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик