Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«Metallurg» stadionida projektor yaxshilandi. Navbat teletranslyasiya masalasiga

«Metallurg» stadionida projektor yaxshilandi. Navbat teletranslyasiya masalasiga

Baho:
+ | -

Pepsi Superligasi uchrashuvlari mavsum startidan buyon ish vaqtidan erta boshlanmayapti. Bu birinchi galda stadion yoritgichlari bilan bog‘liq muammoni keltirib chiqarardi.

Bekoboddagi “Metallurg” stadioni yoritgichlari yil boshida 300—400 lyuksni tashkil qilayotgandi. 23-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda PFL ishchi guruhi projektor nurlarining maydonga qanday yetib borayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Endilikda yoritish tizimi 1000—1400 lyuksga yetkazilgan. Yil so‘ngiga qadar projektorlar yana bir necha lyuksgacha kuchaytiriladi.

“Avvalgi o‘yinimizda stadionning sharqiy qanotini g‘arbiy sektordan ko‘rish qiyinchilik tug‘dirayotgandi. Bu safar esa hammasi joyida, o‘zgarish katta”, — deb aytib o‘tdi uchrashuvni CIP sektordan kuzatib borayotgan “Lokomotiv” klubi vakili Timur Kapadze.

“Metallurg” stadioni maysasi ayni vaqtda qoniqarli holatda. Ayrim joylarda ajriq biroz sarg‘aygan, biroq o‘sha nuqtalarda tuproq qatlamining cho‘kishi, futbolchilar jarohat olishi mumkin bo‘lgan nuqtalar deyarli yo‘q. Shunga qaramay, ayrim nuqtalarda to‘p sakrab ketadi.

“Metallurg” jamoasi o‘yini birinchi bosqichdan ancha kuchaygani ko‘rinib turibdi. Kecha qiyinchilik bilan g‘alaba qozondik. Maydon chimi holati ham ancha yaxshi. Faqat maydon u qadar tekis emas. To‘p ko‘pincha sakrab ketyapti. Aynan shu sababdan ham kecha qulay imkoniyatdan bergan zarbam golga aylanmadi”, — deb aytib o‘tdi “Lokomotiv” klubi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev.

PFL bungacha “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, AGMK va “Qizilqum” stadionlari maysasini o‘rnak o‘laroq ko‘rsatib o‘tgandi. “Metallurg” futbol klubi rahbariyati kelasi mavsum uchun buning ustida ish olib borishi kerak.

“Maydon holati oldingiga qaraganda chindan ham yaxshilangan. Maysa pastroq qilib o‘rilgani ko‘rinib turibdi. Futbolchilar ham avvalgiga qaraganda bir qadar yaxshiroq uzatmalarni amalga oshirdi. Maydon holati ideal darajada bo‘lsa, futbol ham chiroyli va tomoshabop ko‘rinish oladi”, — dedi “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov.

“Metallug” stadionida CIP hamda VIP sektorlar PFL qo‘yayotgan talablarga javob beradi. Media tribunada jurnalistlar ishlashi uchun imkoniyatlar bor. Biroq zaxira o‘rindiqlarining ortidan joy olgan muxlislarda futbolni bemalol kuzatib borish imkoniyati cheklangan. “Metallurg” klubi 2019 yilgi mavsumda zaxira o‘rindiqlari yopinchig‘ini o‘zgartirishi, shuningdek, muxlislarni stadiondan ajratib turgan to‘siqni kaltalashi kerak bo‘ladi. PFL mazkur talabni jiddiy nazorat qiladi.

Teletranslyasiya masalasi

“Metallurg” stadioniga tashrif buyurgan ishchi guruh “Sport” telekanali rejissyori Nodir Rahmatov hamda telekanalning texnik guruhi bilan ham suhbatda bo‘ldi. Unga ko‘ra, stadionda quyidagi kamchiliklar borligi aniqlandi.

— Kamerachi joy oladigan nuqta notekis temir setka bilan o‘ralgan. Bu kadrlarning sakrab ketishiga sabab bo‘ladi. Chunki setka har bir harakatdan keyin silkinadi;

— Markazdan joy oladigan kameraga stadion arkasi halal beradi. Shundan kelib chiqib, kamerachi joy olgan nuqtani balandlashtirish shart;

— Shuningdek, markaziy kamera qanotlaridagi kameralar joy olgan nuqtalarni ham ko‘tarish lozim. Ular maydonni olayotgan vaqtda muxlislarning boshi kadrga tushib qoladi;

— Televideniye kameralarini quyosh va yomg‘irdan himoyalovchi soyabonlar mavjud emas;

— Televideniye hodimlari uchun PFL tomonidan taqdim etilgan beydjiklar bilan stadionda erkin harakatlanish imkoniyati kam.

 “Metallurg” stadioni rahbariyati mavjud kamchiliklar yuzasidan rasman ogohlantiriladi. 2019 yilgi mavsumga qadar bularning hammasi bartaraf etilishi shart.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:24, 15.09.2018.
O'qildi: 2269 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.