Kirish Ro'yxatdan o'tish

Husniddin Po‘latov WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

Husniddin Po‘latov WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Janubiy Koreyaning Suvon shahrida navbatdagi professional boks oqshomi nihoyasiga yetdi.

Unda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Husniddin Po‘latov yarimo‘rta vazn toifasida ringga chiqdi. Ushbu jangda hamyurtimizga indoneziyalik Soxlan Koral raqiblik qildi. 12 raundga mo‘ljallangan bahsda hamyurtimiz 6-raundda raqibini nokautga uchratdi va WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi.

Po‘latov professional ringda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 14-jangini o‘tkazdi. Hamyurtimiz janglarning 10 tasida g‘alaba qozongan (5 ta nokaut). 3 marotaba esa mag‘lubiyatga uchragan (3 ta nokaut). Indoneziyalik bokschining ko‘rsatkichlari esa quyidagicha: 24 ta jang, 17 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan bokschimiz va uning murabbiylarini muborakbod etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:23, 15.09.2018.
O'qildi: 3003 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.