Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Bundesliga. «Bavariya» va «Leypsig» g‘alaba qozondi, «Xoffenxaym» mag‘lub bo‘ldi

Bundesliga. «Bavariya» va «Leypsig» g‘alaba qozondi, «Xoffenxaym» mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

“Bavariya” klubi Myunxenda  “Bayer”ni qabul qildi. “Alyans-Arena”dagi bahsda mezbonlar irodali g‘alabni qo‘lga kiritdilar.

Uchrashuvning ilk daqiqalari juda hujumkor ruhda kechdi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Uchrashuv debyutidayoq mehmonlar penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdilar, dastlab Kevin Folland o‘z omadini sinab ko‘rdi, biroq bu zarbani Noyer bartaraf etdi, ammo bu vaziyatda hakam mezbonlar tomonidan qodida buzilishini qayd etdi va 11 metrlik jarima zarbasini boshidan ijro etishni so‘radi. Bu safar Vendell mo‘ljaldan adashmadi.

Ordan ko‘p vaqt o‘tmay Vendell o‘z jarima maydoni ichida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va bu xatodan Korentin Tolisso unumli foydalanib muvozanatni tikladi. 19-daqiqada Aryen Robben jarima maydonidan qaytgan to‘pni aniq zarba bilan darvozaning to‘qqizlik burchagiga joylab qo‘ydi. O‘yin tugashi arafasida Xames Rodriges o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Parallel kechgan o‘yinlarda «RB Leypsig» gollarga boy bo‘lgan o‘yinda “Gannover”ni yengdi. Mezbonlar tarkibida Timo Verner dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Yusuf Poulsen muallif bo‘ldi.

“Volfsburg”  va “Gerta” o‘rtasidagi o‘yin jangovar durang bilan yakun topgan bo‘lsa, “Mayns” o‘zida “Augsburg”ni irodali tarzda yengdi. “Xoffenxaym” esa kutilmaganda “Fortuna”ga yutqazib qo‘ydi.

 

Germaniya chempionati,  4-tur

Bavariya – Bayer 3:1 (2:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 5, penalti Vendell, 1:1 – 10 Tolisso, 2:1 – 19 Robben, 3:1 – 89 Xames.

Bavariya – Noyer, Boateng, Rafinya (Alaba, 82), Kimmix, Zyule, Robben, Tolisso (Xames, 42), Alkantara, Gnabri (Martines, 59), Myuller, Levandovski.

Bayer – Gradeski, Yedvay, Ta, Dragovich, Bender, Kor, Bender (Brandt, 28), Beyli (Paulinyo, 83), Xaverts, Vendell, Folland (Belarabi, 73).

Ogohlantirishlar: Vendell (55).

Chetlatish: Belarabi (80).

 

RB Leypsig – Gannover 3:2 (2:1, 1:1)

Gollar: 1:0 – 9 Poulsen, 1:1 – 13 Fyullkrug, 2:1 – 40 Verner, 3:1 – 63 Verner, 3:2 – 65 Albornoz.

RB Leypsig – Gulachi, Orban, Konate, Mukiyele, Sarakki, Ilzanker, Kampl, Demme (Laymer, 60), Forsberg (Zabitser, 74), Verner (Klostermann, 87), Poulsen.

Gannover – Esser, Anton, Albornoz, Zorg (Bakaloj, 87), Vimmer, Asano (Xaraguti, 65), Uolas, Mayna (Vud, 65), Shvegler, Bebu, Fyullkrug.

Ogohlantirishlar: Fyullkrug (25), Demme (45), Mukiyele (55), Vud (68), Kampl (74), Zorg (74), Poulsen (90), Anton (90).

 

Mayns – Augsburg 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: 0:1 – 82 Chji Don Von, 1:1 – 87 Udja, 2:1 – 90 Maksim.

Mayns – Myuller, Aaron Martin, Nyaxate, Bungert (Gürleyen, 78), Brosinski, Kunde, Baku (Maksim, 86), Kvayson, Onisivo, Burkardt, Mateta (Udja, 73).

Augsburg – Gifer, Maks, Xinteregger, Gaueleu, Xan, Xedira, Gregorich (CHji Don Von, 73; Kordova, 84), Ku Chja Chxol, Rixter (Kayubi, 60), Bayer, Shmid.

Ogohlantirishlar: Baku (54), Xedira (73), Gaueleu (90).

 

Volfsburg – Gerta 2:2 (0:0, 2:2)

Gollar: 0:1 – 61 Dilrosun, 1:1 – 87, penalti Malli, 1:2 – 90 Duda, 2:2 – 90 Mexmedi.

Volfsburg – Kastels, Bruks, Knoxe, Russiyon, Gerxardt (Malli, 84), Shteffen (Ginchek, 67), Kamacho, Brekalo (Mexmedi, 62), Arnold, Villiam, Vegorst.

Gerta – Yarsteyn, Torunariga, Shtark, Plattenxardt, Lazaro, Gruyich, Mayer, Duda, Kalu (Klyunter, 90), Dilrosun, Ibishevich.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:52, 15.09.2018.
O'qildi: 2749 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик