"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "PSJ" hujumchisi Neymarning o‘yini haqida fikr bildirdi.
"O‘yinchilar unga tashlanadilar, u himoyalanishga harakat qiladi. Buni o‘zini himoya qilishning aqlli yo‘li deb o‘ylayman. Biz unga tashlanmaymiz, biz futbol o‘ynaymiz.
Firminoning jarohatiga kelsak, agar bugun o‘ynaganimizda u aniq o‘yinni o‘tkazib yuborgan bo‘lar edi. Umid qilamanki, ertaga u o‘ynay oladi. Bu yaxshi yangilik", - deydi Klopp.
YECHL guruh bosqichi doirasida "Liverpul" - "PSJ" o‘yini ertaga, 18 sentyabr kuni Angliyada bo‘lib o‘tadi.