Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted 1-1 Tottenhem
10/10 21:30 Barselona 3-0 Xetafe
10/10 23:45 Napoli 3-0 Frozinone
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 1-0 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 1-0 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Mirjalol Qosimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Mirjalol Qosimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, bu yuksak mas’uliyatli vazifani amalga oshirish uchun murabbiylar shtabidan yetuk mahorat va katta tajriba talab etiladi.

Ana shuni inobatga olgan holda, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga bir qator nomzodlar ko‘rib chiqildi.

Yakunda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga o‘zbek futboli afsonasi, ayni paytda “Bunyodkor” klubini boshqarayotgan Mirjalol Qosimov nomzodida to‘xtalindi.

Umid Ahmadjonov Mirjalol Qosimov bilan bu mavzuda shaxsan suhbatlashib, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi oldida jiddiy va mas’uliyatli vazifa turganligi, O‘zbekistondagi barcha futbol muxlislari terma jamoamizni Olimpiadada ko‘rishni intiqib kutayotganini, ularning ishonchini oqlash uchun barcha kuch va mahoratni sarflash, tinimsiz mehnat qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Olimpiya terma jamoasiga futbolchilarni saralab olishda xolis bo‘lish, faqat eng munosiblarini tanlab olish kerakligi borasida ham so‘z yuritildi.

O‘z o‘rnida Mirjalol Qosimov ham zimmasiga yuklanayotgan vazifaning mas’uliyatini to‘liq his qilayotganini ta’kidlab, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini Tokio-2020 ga olib borish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amlaga oshirishga va’da berib o‘tdi.

Mirjalol Qosimov endilikda Olimpiya terma jamoasi tarkibini shakllantirish ishlarini olib boradi. Shuningdek, terma jamoaga nomzod futbolchilarni saralab borish, ularni yaxlit bir jamoaga aylantirish, raqobatbardosh, kuchli jamoa yaratish ishlari bilan shug‘ullanadi. O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Olimpiya terma jamoasi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilib, turli yig‘inlar va kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilib boriladi.

Terma jamoamizni Olimpiada o‘yinlarida ko‘rish xalqimizning, muxlislarimizning azaliy orzusi hisoblanadi. Umid qilib qolamizki, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi futbolchilarimiz ana shu azaliy orzuni amalga oshirib, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2020 yildaTokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada ishtirok etadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:19, 21.09.2018.
O'qildi: 8280 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик