«Barselona» Ispaniya chempionatining 8-turida «Xetafe» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 3:0. Hansi Flik boshchiligidagi jamoa mavsumni mukammal tarzda o‘tkazmoqda: kataloniyaliklar chempionatning dastlabki sakkizta uchrashuvida ham g‘alaba qozonishdi.
Ispaniya chempionati tarixida biror jamoa mavsumni ketma-ket sakkizta g‘alaba bilan boshlashi oltinchi bor kuzatilmoqda. Bungacha bunday natijaga 1961/62, 1968/69 va 1987/88 yilgi mavsumlarda «Real», 2013/14 yilgi mavsumda esa «Barselona» va «Atletiko» erishgan.
Keyingi turda «Barselona» safarda «Betis» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 17 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Kataloniyaliklar 9-turda ham g‘alaba qozonishsa, La liga rekordini o‘rnatishadi.













