Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Kamondan o‘q otish. Hamyurtlarimiz Gruziyadagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Kamondan o‘q otish. Hamyurtlarimiz Gruziyadagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Sentyabr oyida kamondan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Gruziyada ikkita musobaqada ishtirok etishdi va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

5-9 sentyabr kunlari Batumi shahri mezbonlik qilgan xalqaro turnirda jahonning sakkiz mamlakatidan merganlar ishtirok etishdi. Rossiya, Isroil, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Armaniston, Gruziya va O‘zbekistondan 89 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

Hamyurtlarimiz jamoaviy bahslarda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Yakkalik bellashuvlarida ishtirok etgan Zokirjon Gafurov esa uchinchi o‘rinni egalladi.

14-19 sentyabr kunlari Xelvachauri ochiq turniri bo‘lib o‘tdi. To‘rt mamlakat sportchilari qatnashgan turnirda Zokirjon Gafurov birinchi, Sardor Rustamov esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Jamoaviy musobaqalarda ham sportchilarimizga teng keladigan raqiblar topilmadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:32, 22.09.2018.
O'qildi: 2125 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик