Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

La liga. «Real» qiyin g‘alabaga erishdi

La liga. «Real» qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida Madridning "Real" klubi o‘z uyida "Espanyol"ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Lopetegi boshlang‘ich tarkibga Beyl, Marselo va Kroosni kiritmadi. Shu bois bo‘lsa kerak, "Qirollik klubi" kataloniyaliklarga qarshi o‘yinda katta ustunlikka erishishmadi. Aksincha, "Espanyol" bir nechta xavfli vaziyatlarni golga aylantira olganida, madridliklar ochko yo‘qotishlari mumkin edi.

Birinchi bo‘limda Kurtua yaxshi harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda darvoza to‘sini "Real" joniga oro kirdi. O‘sha pallada Ramos qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni raqibga berib qo‘ygandi.

Birinchi bo‘limning 41-daqiqasida Marko Asensio aniq zarba bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. VAR yordamida vaziyat qayta ko‘rib chiqildi. Xulosa: Modrich pas berayotganida Asensio ofsaydda emas edi.

Shu tariqa, "Madrid" qiyin bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdi hamda vaqtinchalik bo‘lsa-da La liga jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 5-tur
Real Madrid – Espanyol 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 41 Asensio.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Nacho, Odriosola, Ramos, Sebalyos (Vaskes, 63), Kazemiro, Isko (Lyorente, 79), Modrich, Asensio, Benzema (Dias, 60).
Espanyol – Lopes, Naldo, Vila, Lopes, Ermoso, Mark Roka, Granero, Pyatti (Baptistao, 55), Darder (Sanches, 55), Peres (Garsiya, 70), Iglesias.
Ogohlantirishlar: Nacho (6), Mark Roka (26), Lopes (45), Kazemiro (77).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:43, 23.09.2018.
O'qildi: 6643 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.